Xalqaro savdo bo‘yicha idoralararo komissiya Ukrainaga o‘zbek avtomobillari importiga nisbatan aksilsubsidiya surishtiruvning to‘xtatilganligini ma’lum qildi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi UzNews.
“Surishtiruv davomida O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi rasmiy tushuntirish berdi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-avgustdagi ‘Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish haqida”gi qaroriga muvofiq, o‘zbek ishlab chiqaruvchilariga 2017-yil yakuniga qadar imtiyozlar taqdim etib kelingan, ular 2018-yildan boshlab amal qilmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Shu tariqa Xalqaro savdo bo‘yicha boshqarmalararo komissiya kompensatsiya choralarini qo‘llash zarurati yo‘qligini aniqladi, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni Ukrainaga import qilishga nisbatan surishtiruvni to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning xalqaro savdo bo‘yicha idoralararo komissiyasi mamlakatga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar importiga nisbatan aksilsubsidiya tekshiruvi qo‘zg‘atilgani va o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)