Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 3-dekabr kuni Rossiya bilan chegarada qo‘shin bo‘linmalari qayta joylashtirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Ukraina yetakchisi saytida xabar berildi, deb yozadi “RBK”.
“Chegara mudofaasini kuchaytirish uchun tegishli bo‘linmalarni qayta joylashtirish amalga oshiriladi, harbiy holat e’lon qilingan viloyatlarda harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi, birinchi navbatdagi zaxirali o‘quv yig‘ilishlari o‘tkaziladi”, — dedi u.
Poroshenko mamlakatda atom va gidroelektrstansiyalarini qo‘riqlash kuchaytirilayotganligi, shuningdek, havo hujumiga qarshi mudofaani kuchaytirish uchun choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 28-noyabrdan 30 kun muddatga mamlakatning “tajovuz xavf solayotgan” viloyatlarida harbiy holatni joriy etishga qaror qilganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)