Kiyev Kerch bo‘g‘ozidagi hodisani muhokama qilish uchun “normand formatidagi” (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, GFR, Fransiya) uchrashuvga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2-dekabr kuni ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
France 24’ga bergan intervyusida Poroshenko bunday uchrashuv o‘tkazishni Germaniya kansleri Angela Merkel taklif qilganligini ta’kidladi.
“Shubhasiz, siyosiy maslahatchilar darajasidagi ‘normand formatida’gi uchrashuvda ishtirok etamiz. Unda Rossiya Federatsiyasiga favqulodda masala — harbiylarimiz, kemalarni qaytarish va Kerch bo‘g‘ozini ochish talabini qo‘yamiz”, — dedi Poroshenko.
Poroshenko, shuningdek, harbiy holat haqidagi qonunni to‘xtatishdan xursand bo‘lishini, biroq buning uchun Rossiya Ukraina—Rossiya chegarasidagi qo‘shinlarini olishi, Azov dengizidan harbiy kemalarining katta qismini qaytarishi kerakligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qora dengizda Rossiya va Ukraina kemalari o‘rtasidagi voqealar 25-noyabr kunidan buyon davom etmoqda. Rossiya federal xavfsizlik xizmati Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga noqonuniy kirgani haqida xabar bergan. Ular Odessadan Mariupolga yo‘l olgan, ammo ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmagan.
Izoh (0)