“Real Madrid”ning uelslik futbolchisi Garet Beyl La Liga 14-turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi o‘yinda gol ham ura olmadi va samarali to‘p uzatishni ham amalga oshirmadi, deb yozadi OptaJose.
29 yoshli futbolchi jarohati bois “Valensiya” bilan o‘yinning 63-daqiqasida o‘z o‘rnini Marko Asensioga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.
Beylning La Ligadagi golsiz o‘yinlar seriyasi 10 ta uchrashuvga (793 daqiqa) yetdi. Bu uning Ispaniya chempionati qatnashib kelayotgan vaqtdan beri qayd etgan eng yomon natijasi bo‘lmoqda.
Garet so‘nggi bor joriy yilning 1-sentabr kuni La Liganing 3-turidan o‘rin olgan “Leganes”ga (4:1) qarshi o‘yinida gol urgandi.
Izoh (0)