Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr — Ruminiya Milliy kuni munosabati bilan Ruminiya davlat rahbari Klaus Yoxannisga tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
1918-yil 1-dekabrida Transilvaniya, Bessarabiya va Bukovina Ruminiya qirolligi bilan birlashishi natijasida zamonaviy Ruminiya davlati yuzaga kelgan. Bu kun Ruminiyada Buyuk Birlashish kuni yoki Milliy kun sifatida nishonlanadi.
2018-yilda zamonaviy Ruminiya davlati tashkil topganiga 100 yil to‘ldi.
Izoh (0)