27-noyabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 4-bosqichi doirasida so‘nggi juftlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda “Lester Siti” jamoasi “Sauthempton”ni o‘z maydonida qabul qilidi. Uchrashuvda hisob ochilmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda omad “Lester”ga kulib boqdi — 6:5. Natijada “tulkilar” Liga Kubogining 1/4 final bosqichida “Manchester Siti” bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.
1/4 final juftliklari
- “Arsenal”—“Tottenhem”
- “Lester”—“Manchester Siti”
- “Midlsbro”—“Byorton”
- “Chelsi”—“Bornmut”
Musobaqaning amaldagi g‘olibi o‘tgan mavsum finalida “Arsenal” 3:0 hisobida mag‘lub etgan “Manchester Siti” hisoblanadi.
Izoh (0)