Yevropa klublar assotsiatsiyasi va futbol agentlari assotsiatsiyasi Globe Soccer Awards—2018 talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun Massimiliano Allegri (“Yuventus”), Diyego Simoene (“Atletiko Madrid”), Yurgen Klopp (“Liverpul”), Didye Desham (Fransiya terma jamoasi) va Zinedin Zidan (“Real Madrid” sobiq bosh murabbiyi) kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yilning eng yaxshi klubi va futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar e’lon qilingandi.
Izoh (0)