Amerikaning Kaliforniya shtati tarixidagi eng vayronkor yong‘in Camp’ning tarqalishi to‘liq cheklandi, deb yozadi “RIA Novosti” Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘inga qarshi himoya departamentiga tayanib.
Kaliforniya shimolidagi Camp o‘rmon yong‘ini 8-noyabr kuni boshlangan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida 85 kishi halok bo‘lgan, 14 mingga yaqin uylar, 508 ta tijorat binolari va 4 mingdan ortiq boshqa inshootlar vayron bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish uchun mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar va 73 ta o‘t o‘chirish mashinalari jalb qilindi. Yonish maydoni 62 ming gektardan ziyodroqni tashkil etdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniya ushbu muammoni hal qilmasa, uni tabiiy yong‘inlarni bartaraf etish uchun ajratiladigan federal moliyalashtirishdan mahrum qilish bilan tahdid etdi.
Izoh (0)