Finlyandiya Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga qurol eksportini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Finlyandiya hukumati qurol eksporti masalasini ko‘rib chiqqan va ayni paytdagi vaziyat Saudiya Arabistoni yoki BAAga qurol eksport qilish uchun asos yo‘q, deb qaror qilgan.
Qayd etilishicha, Finlyandiya qurol eksporti bo‘yicha qarorlar qabul qilganda Yevropa Ittifoqining mezonlariga qat’iy amal qiladi va mamlakatda inson huquqlariga amal qilishiga e’tibor qaratadi.
O‘tgan yili Finlyandiya Saudiya Arabistoniga 106,4 million yevrolik qurol sotgan.
Izoh (0)