Termizlik Muhabbat Ne’matullayeva o‘z hunari bilan ham oilasiga, ham mahalladoshlariga naf keltirayotgan ishbilarmon ayollardan, deb yozadi O‘zA.
Tikuv-bichuv ishlarining mohir ustasi sifatida ko‘pchilik e’tiboriga tushgan opa milliy uslubdagi ayollar liboslari, chopon va nimchalar, bejirim do‘ppilar, quroq ko‘rpachalar tikish bilan shug‘ullanadi. Ikki kelini ko‘makchi. Qo‘l mehnati bilan tayyorlanayotgan tikuv mahsulotlariga buyurtmachilar talabi yuqori.
Hunarmand mamlakatda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish harakatida.
Izoh (0)