• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zatom” Rossiya tеxnologiyalari bo‘yicha AES qurish bo‘yicha Vеngriya tajribasini o‘rganmoqda

    “O‘zatom” delegatsiyasi shu yilning 11—13-noyabrida Budapesht (Vengriya) shahrida va 14-15 noyabrda Moskva shahrida bo‘lib qaytdi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati

    Foto: “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati

    Safar atom energetikasi sohasida Vengriya tajribasi bilan tanishish maqsadida uyushtirildi.

    Vengriyada mamlakatning elektr energiyaga bo‘lgan talabining 50% dan ortiq qismi 1980-yillarda qurilgan “Paksh-1” atom elektr stansiyasi tomonidan ta’minlanadi. U VVER-440/213 suvli yadro reaktorlari asosida ish yurituvchi 4 ta energoblokdan tashkil topgan. Hozirgi paytda har bir energoblok quvvati 500 MVt gacha oshirilgan va ulardan foydalanish muddati uzaytirilgan. Bunday quvvatga AESni modernizatsiya qilish, trubinani yaxshilash va yanada boyitilgan yoqilg‘idan foydalanish evaziga erishildi. 2032-yildan boshlab energobloklar navbatma-navbat foydalanishdan chiqariladi. Shu munosabat bilan rossiyacha dizayn asosida VVER-1200 suvli yadro reaktorlari asosida ikki energoblokdan tashkil topgan “3+” avlodga mansub “Paksh-2” AES qurilishi boshlangan. Birinchi blokning ishga tushirilishi elektr energiyani uzluksiz uzatib turish maqsadida 2030-yilga mo‘ljallangan.

    “O‘zatom” delegatsiyasi “Paksh-2” AES loyihasi uchun ma’sullar - “portfelsiz” vazir Yanosh Shuli, Vengriya innovatsiyalar va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Andrea Beatriks Kadar, Atom energetikasi bo‘yicha Vengriya regulyatori Dyul Fixtinger, “Paksh-2” AES bosh direktori Ishtvan Lenkey va boshqalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

    Uchrashuvlar davomida qayd qilinganidek, ushbu loyiha mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borayotganligi bilan bog‘liq. 2009-yilda “Paksh-2” loyihasi Vengriya Parlamenti tomonidan ma’qullangan. “Paksh-2” AES qurilishi maydonchasi “Paksh-1” AES yonida, Dunay daryosi bo‘yida tanlangan. 2014-yilda “Paksh-2” atom elektr stansiyasi joylashtiriladigan maydonda tadqiqotlar o‘tkazilishi uchun regulyartor tomonidan litsenziya berilgan va 2017-yilning 30-martida yangi AES uchun maydoncha tanlash uchun litsenziya olingan. Umuman, loyiha qurilish va xavfsizlikka oid qat’iy talablar asosida ekspertizadan o‘tgan, loyiha bo‘yicha olingan 6 000 dan ziyod litsenziya shundan dalolat beradi. Hozirgi paytda loyiha yangi AES qurilishi uchun litsenziya olish bosqichida.

    Uchrashuvlar davomida Vengriya tomonidan ta’kidlandiki, rossiyacha dizayn asosidagi “3+” avlodga mansub VVER-1200 sifati va xavfsizligi tufayli tanlangan, shu munosabat bilan Rossiya Federatsiyasi bilan AES qurilishi bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolangan.

    Vengriya tomoni ta’kidlaganidek, loyihani amalga oshirishni boshlash uchun Vengriyaning 41 ta aholi yashash punktida loyihaning atrof-muhitga ta’sirini baholash uchun jamoatchilik eshituvlari tashkil qilingan, shuningdek mintaqadagi 30 ta davlatga jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish bo‘yicha so‘rovlar yuborilgan, shundan 11 ta davlat ishtirok etdi, 7 davlatda esa jamoatchilik eshituvlari ularning mamlakatlarida ularning so‘rovlari bo‘yicha o‘tkazildi.

    “Paksh-2” AES loyihasini amalga oshrish maqsadida Vengriya tomonidan “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan YERS-kontrakt, shuningdek, foydalanish paytida yordam ko‘rsatish va yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha kontrakt imzolangan. Bundan avval Rossiya Federatsiyasi bilan AES qurilishi uchun davlat kreditini jalb qilish bo‘yicha hukumatlararo bitim tayyorlangan.

    Uchrashuvlar davomida Vengriya tomoni shuni qayd etdiki, atom energetikasi energetika tarmog‘i rivojlanishining asosi bo‘lib qolmoqda, bunda, Vengriya yaqin kelajakda to‘liq ko‘mirdan voz kechmoqchi hamda faqat atom energiyasi va qayta tiklanuvchan energeyadan foydalanish mo‘ljallangan.

    Vengriyada bo‘lish asnosida “O‘zatom” delegatsiyasi Dunay daryosi bo‘yida va Paksh shahridan besh kilometr uzoqlikda joylashgan “Paksh-1” AES ga tashrif buyurdi. Xalqaro talablarga muvofiq reaktorlar va ishlatilgan yoqilg‘ini saqlash havzalarida MAGATЕ tomonidan on-layn rejimida doimiy videokuzatuv amalga oshiriladi.

    O‘zbekiston delegatsiyasi “Paksh-1” AES qoshidagi noyob o‘quv markazi bilan tanishdi. U haqiqiy reaktorlar va amaldagi AES da foydalaniladigan boshqa uskunalar bilan jihozlangan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra vengriyalik hamkasblar bilan ushbu o‘quv markazi negizida O‘zbekiston atom sohasi uchun kadrlar tayyorlash, shuningdek O‘zbekiston vakillari uchun tanishuv turlarini tashkil qilish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha savollarni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

    Shuningdek “O‘zatom” delegatsiyasi Moskva shahriga safar qildi. U yerda “Rosatom” davlat korporatsiyasi operatsion boshqaruv bo‘yicha bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Lokshin va “Rusatom Oversiz” AJ prezidenti Yevgeniy Pakermanov bilan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelgusi umumiy harakatlar, shu jumladan, respublika atom sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qurilayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan AESda stajirovkalarni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi va kelishildi.

    Ayni paytda Moskva muhandislik-fizika instituti Milliy tadqiqot yardo universitetida o‘qishga jo‘natilgan o‘zbek talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ularning yashash va o‘qish sharoitlari bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

    Talabalar bilan uchrashuv paytida delegatsiya a’zolari o‘tilgan kursning o‘zlashtirilishi va o‘zbek talabalarining mashg‘ulotlarga qatnashi bilan tanishdi. Doimiy ravishda muloqot qilish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish va o‘qish yakunlanganidan so‘ng ishga joylashtirishga ko‘maklashish haqida kelishuvga erishildi.

    Universitet rektori M.N.Strixanov bilan uchrashuv davomida Toshkentda “MIFI” ITYAU filialini tashkil qilish masalalari, “O‘zatom” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi atom energetikasi sohasi uchun kadrlarni o‘qitish va tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” loyihasi muhokama qilindi.

    Ushbu hujjat Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putinning 2018-yil 18—19-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasisiga davlat tashrifi davomida imzolangan. Ekspertlarning navbatdagi ish uchrashuvini shu yilning dekabrida Toshkent shahrida o‘tkazish, shuningdek, maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Rosatom” davlat korporatsiyasi olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

    22.11.2018, 17:24   Izoh (0)   11864
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kogonda maktab direktorining mas’uliyatsizligi oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi vafot etdi

    22.11.2018, 16:46

    Samarqandlik tadbirkor Siyob bozori hududida tartib bo‘lishini istamoqda

    22.11.2018, 16:31

    Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo keskin soviydi

    22.11.2018, 16:16

    Sog‘liqni saqlash vazirligi: Sergelidagi chaqaloqning o‘limiga emlash sabab bo‘lmagan

    22.11.2018, 15:50

    Toshkentda Fashion Week-2018 moda haftaligi boshlandi

    22.11.2018, 15:28

    Abdulaziz Komilov Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi

    22.11.2018, 14:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” 2026-yilda Harri Keynni sotib oladi

    Sport | 9 avgust, 16:04

    “Ukraina o‘z hududlaridan voz kechishni xohlamayapti” — Zelenskiy

    Dunyo | 9 avgust, 16:00

    “Garri Potter” filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)

    Kino | 9 avgust, 15:35

    Xitoyda realistik robotlar sotiladigan yangi do‘kon ochildi (foto)

    Dunyo | 9 avgust, 15:05

    Nega ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq uxlashi muhim?

    Ayollar sahifasi | 9 avgust, 14:45

    Toshkentda niqob taqqan shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 14:30

    Zelenskiy “biror narsani imzolashga” tayyor turishi kerak — Tramp

    Dunyo | 9 avgust, 14:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.