O‘zbekiston tomonidan Keles daryosini suzib o‘tib, Qozog‘istonga o‘tmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston chegara xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Nur.kz”.
Hodisa 20-noyabr kuni ro‘y berdi. Sariog‘och otryadi chegarachilari Qozog‘iston hududiga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan huquqbuzarni qo‘lga oldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)