Turkiya markazidagi Malatya viloyatida reys avtobusi ishtirokida YTH yuz berdi, oqibatda 7 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jabrlandi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa Darende—Malatya trassasida sodir bo‘ldi. Haydovchi noma’lum sababga ko‘ra transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotgan, natijada avtobus yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan.
Jabrlanganlar yaqin atrofdagi kasalxonalarga yetkazildi. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlandi.
Izoh (0)