Tojikistondagi kichik shaharchada yashovchi nafaqaxo‘r erkak mahalladagi maktabni ta’mirlash uchun hamma narsasini sotdi, deb xabar berdi “Sputnik”.
“Men maktabdagi ta’mirlash ishlariga yordam berish uchun mollarimni sotdim. Avvaliga ho‘kizni sotdim — yetmadi. Keyin sigirimni ham sotdim”, — deydi chol.
Maktabdagi sinf xonalarida deraza va eshiklar ham yo‘q edi. Keksa nafaqaxo‘rning o‘zi eshik va deraza yasatib, o‘z mashinasida maktabga olib keldi.
Moliyaviy muammolar tufayli ta’lim maskanini ikki yil davomida ta’mirlay olishmayotgandi.
https://www.facebook.com/sputnikuzbekistan/videos/211024706458173/
Izoh (0)