• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandlik tadbirkor Siyob bozori hududida tartib bo‘lishini istamoqda

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand shahridagi Siyob dehqon bozorida savdo qiluvchi tadbirkor Elmurod Mardiyev murojat qilib, dehqon bozoridagi ayrim tartibsizliklar uning tadbirkorlik ishiga halal berayotganligini bayon qilgan. Mazkur masala yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “2015-yildan buyon Siyob dehqon bozorida tadbirkorlik faoliyatini yuritib, bozorda parranda mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanaman. Davlat tomonidan talab qilingan barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiraman. Biroq, bozor hududiga kirish qismida turli xil butkachalarning tashkil etilishi, bozor ichida savdo qiluvchi men kabi tadbirkorlarning savdosiga ta’sir qilyapti”, — deydi Elmurod Mardiyev.

    Siyob bozori hududiga kirish darvozasi oldida beshdan ortiq savdo butkachalari tashkil qilingan. Mazkur ko‘chma savdo do‘konlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-iyuldagi “Ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 233-sonli va Samarqand viloyat hokimining 2016-yil 16-iyuldagi 205-Q sonli hamda Samarqand shahar hokimining 2016-yil 21-iyuldagi 1048-Q sonli qaroriga muvofiq 2018-yilda ko‘chma savdo obyektlarini joylashish sxemasi tasdiqlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘rganishlar davomida faqatgina yakka tartibdagi tadbirkor Ozod Sharofov va Bahodir Soriyevga Siyob bozori yonidan o‘tuvchi Al-Buxoriy ko‘chasidan Siyob bozori hududida ko‘chma savdo do‘konida savdo qilishga ruxsat berilgan. Qolgan tadbirkorlarning guvohnomalarida savdo qilish manzili ko‘rsatilmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur masala yuzasida Siyob dehqon bozori rahbari Solijon O‘sarov bilan ham suhbatlashdik.

    “Bozorning kirish qismida ko‘chma do‘konda savdo qilish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga Samarqand shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Talantjon Esirgapov imzo chekkan guvohnoma bor. Bu tadbirkorlarga bozorning kirish qismida savdo qilmaslikni aytsak, ular darrov hokimiyat bergan guohnomasini ko‘rsatishadi. Hokimiyat bozor oldida ko‘chma do‘konda savdo qilish uchun ruxsat bergan, biroq, Siyob bozori ma’muriyatida bu borada hech qanday hujjat yo‘q. Aniqrog‘i, bozorning kirish qismida ko‘chma do‘kon bo‘yicha bozor ma’muriyatining roziligi so‘ralmaydi. Tadbirkorlar hokimiyat bergan guvohnoma asosida o‘z butkalarini joylashtirib olgan. Biz ham bozor xududi tartibli bo‘lishini istaymiz. Ammo hokimiyat qaror chiqarganidan so‘ng biz hech qanday chora ko‘rolmaymiz. Biror bir chora ko‘rsa darrov tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilgan bo‘lamiz”, - deydi Solijon O‘sarov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ko‘chma do‘konda savdo qiluvchi xodimlar bilan suhbat jarayonida aniqlanishicha, yakka tartibagi tadbirkor sotuvchi sifatida odamlarni yollab savdo faoliyati bilan shug‘ullanilayotganligi aniqlandi. Biz ko‘chma savdo do‘koning birorta xodimini topa olmadik. Sotuvchilar hozir keladi, ish bilan chiqib ketgan degan gapdan nariga o‘tmadi. Amaldagi qonunlar bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor savdo do‘konida faoliyatni o‘zi yuritish kerak emasmi? Agar ishchi xodim olib faoliyat yuritayotgan bo‘lsa tadbirkorlik faloliyati davlat ro‘yxatidan boshqa tartibda o‘tkazilishi kerak emasmi? Nahotki viloyat Davlat soliq boshqarmasi bunday holatlarga ko‘z yumayotgan bo‘lsa? Soliqni kamroq to‘lash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, ishni istagancha yuritish mumkinmi?

    Ko‘chma savdo do‘konlariga chiqarilgan guvohnomalardagi imzoning turli xil ekanligi ham e’tiborimizni tortdi. Buni guvohnomadagi imzolardan ham ko‘rishingiz mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aslida ko‘chma savdo do‘konlari bozor xududidan uzoqda, aholi bozorga kelish imkoniyati kam bo‘lgan joylarga qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘lmaydimi?

    Qolaversa, bozor xududida tozalik va tartib bo‘lishini talab qilgan hokimlikning o‘zi hududga kirishda ko‘chma do‘konlarning faoliyatiga ruxsat berish orqali o‘z talabini o‘zi buzib chiqqan bo‘lmayaptimi?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Tadbirkorlarning barchasi teng ko‘rilishi kerak. Kimlarningdir ko‘magida bozorning kirish qismida savdo qilish imkoniyatini yaratilishi boshqa tadbirkorlarning manfaatiga zid bo‘lishi kerak emas. Bizda ham zarur hujjatlar bor. Nega bizga bozorning kirish qismiga savdo qilishga ruxsat berishmayotganligiga tushunish qiyin”, — deydi Elmurod Mardiyev.

    Biz mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar hokimligining munosabatini kutib qolamiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    22.11.2018, 16:31   Izoh (0)   49631
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo keskin soviydi

    22.11.2018, 16:16

    Sog‘liqni saqlash vazirligi: Sergelidagi chaqaloqning o‘limiga emlash sabab bo‘lmagan

    22.11.2018, 15:50

    Toshkentda Fashion Week-2018 moda haftaligi boshlandi

    22.11.2018, 15:28

    Abdulaziz Komilov Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi

    22.11.2018, 14:56

    Muftiy Usmonxon Alimov Qoraqalpog‘istonga safar qildi

    22.11.2018, 14:43

    Sirdaryo viloyati IIB namunali xizmatchilarning ota-onasini taqdirladi (foto)

    22.11.2018, 14:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40

    Xitoy va AQSH o‘rtasida savdo shartnomasi imzolandi

    Dunyo | 27 iyun, 20:25

    Urush suratlarini yoritgan, xalq dardini gapirgan va haqiqat uchun jon bergan jurnalistlar

    Dunyo | 27 iyun, 20:10

    Tramp Salvadorga adashib yuborilgan muhojirni qayta deportatsiya qiladi

    Dunyo | 27 iyun, 19:55

    Pokistonda yog‘gan kuchli yomg‘ir kamida 7 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 27 iyun, 19:40

    Qozon va Samarada ro‘y bergan migrantlar ishtirokidagi jinoyatlarga o‘zbeklar aralashmagani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 19:30

    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

    Reklama | 27 iyun, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.