Yoshlar ijod saroyida Tashkent Fashion Week-2018 moda haftaligining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.
Unda Italiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan soha mutaxassislari, dizayner va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Haftalik davomida xalqaro toifadagi hindistonlik dizayner Ritu Berri, italiyalik Sabrina Persichino, xitoylik mutaxassislar – Vu Venhi, Chen Chao Chao kabi soha vakillarining liboslar namoyishi va mahorat darslari o‘tkazilishi kutilmoqda.
Xalqaro moda haftaligi “Osiyo ramzi” dizaynerlar assotsiatsiyasi va Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Izoh (0)