Rossiya Federatsiyasining Veterinar va fitosanitar nazorati bo‘yicha federal xizmati O‘zbekiston tomoniga rasman tasdiqlashicha, O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini olib kelishga cheklov o‘rnatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tegishli xatda quyidagicha qayd etilgan: “O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida Rossiya Federatsiyasi uchun karantin ostidagi mahsulotlarda karantin obyektlari muntazam tarzda aniqlanayotgani munosabati bilan, Konvensiyaning VII moddasi 1a-bandiga tayangan holda 2012-yil 16-apreldan e’tiboran ‘Rosselxoznadzor’ tomonidan O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasiga olib kelishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilgan”.
Izoh (0)