• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chinozliklar iltijosi: toza havo va toza suv kerak (foto)

    Chinozda bolalar ko‘p qavatli uylar kanalizatsiya tarmog‘idan ariqqa ochiqdan-ochiq oqizib qo‘yilgan oqova suvlarda o‘ynab, qo‘l yuvish va hatto ichish holatlari ham uchrab turibdi. Bu haqda O‘zAga Toshkent viloyati Chinoz tumani fuqarolari tomonidan kanalizatsiya tarmog‘i va toza ichimlik suvi muammosi zikr etilib yo‘llangan murojaatni o‘rganish jarayonida Yangiobod mahallasi aholisi ma’lum qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Eski Toshkent yo‘li bo‘ylab Chinoz shahriga kiraverishda yo‘lning o‘ng tomonida Yoshlik, chap tomonida Yangiobod mahallasi joylashgan. Ushbu mahallalarda jami 3 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

    Mahalliy odamlar tilida “1-mikrorayon“, deb ataluvchi “Yoshlik“ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 17 ta ko‘p qavatli uy mavjud. Uylarning kanalizatsiya tarmog‘i tortilganiga yarim asr bo‘lgan va o‘tgan vaqt mobaynida quvurlar ma’nan eskirgan. Muammo shundaki, tarmoq butunlay yaroqsiz holga kelgach, oqova suv shunchaki ariqqa chiqarilib, bir muncha pastlikda joylashgan Yangiobod mahallasi bo‘ylab oqizilgan. Oqibatda oqova suvdan taralayotgan badbo‘y hid har ikki mahalla ahlini bezovta qilmoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    – Ikki kam saksondaman, umrimning 60 yili mana shu hovlida o‘tdi, – deydi Yangiobod mahallasi 21-uyda yashovchi Nasiba aya Xolmurodova. – 20 yillar bo‘ldi chog‘i, uyimizning shundoqqina yoni va old tomonidan oqova suv oqib o‘tadi. Biz-ku, uning badbo‘y hidiga ko‘nikib qoldik, ammo hid sabab paydo bo‘layotgan muammolar og‘irlik qilyapti. Masalan, mahallamizga mehmonlar qadami kamaydi. Taksichilar ham yo ko‘cha boshida yoki oxirida to‘xtashadi. Bular-ku mayli-ya, oqovaning toza havoga, u orqali sog‘lig‘imizga yetkazayotgan zarariga chidab bo‘lmaydi.

    Aholining aytishicha, chamasi 2-3 yillar oldin mahallada kanalizatsiya tarmog‘i uchun chuqur qazilib, quvurlar olib kelingan. Afsuski, ushbu xayrli ish boshlanar-boshlanmas to‘xtatilib, chuqurlar ko‘milgan va quvurlar olib ketilgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

     

    – Shahar mahallalaridagi kanalizatsiya tarmog‘i foydalanib bo‘lmaydigan darajada eskirgan, – deydi Chinoz tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Mamajonov. – Tarmoqni yangilash uchun 79 milliard so‘m mablag‘ talab etiladi. Ayni paytda kanalizatsiya tarmog‘ini yangilash loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Zarur mablag‘ ajratilishi bilan ish boshlanadi va bu muammoga barham beriladi.

    Qariyb 2 ming 200 kishi istiqomat qiluvchi Gulzorobod mahallasi aholisini ham oqova suvlardan taralayotgan badbo‘y hid muammosi qiynamoqda. Mahallaning ko‘p qavatli uylaridan chiqayotgan oqova suv 3-uydan 20-25 metrlar chamasi narida joylashgan ariqqa oqizib qo‘yilgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    – Qo‘lansa hidi kamdek, issiq kunlarda bu joylar kasallik tarqatuvchi pashsha-yu, chivinlar makoniga aylanadi, – deydi 3-uyning 9-xonadonida istiqomat qiluvchi fuqaro Zulxumor Ortiqova. – Ulardan qochib, qutulib bo‘lmaydi. Ko‘chaga chiqsangiz ham, uyga kirsangiz ham “talaydi“. Biz kattalar-ku mayli-ya, bolalarga qiyin. Shundoqqina ro‘paramizda 7-umumta’lim maktabi joylashgan. Buning ustiga badbo‘y ariqdan 10-15 metr narida yangi bog‘cha qurilmoqda.

    Tumanning Yovvosh mahallasi aholisi ham qo‘lansa hiddan aziyat chekmoqda. Bu yerdagilarni Yoshlik, Yangiobod va Gulzorobod mahallalaridan farqli o‘laroq, “Chinoz baliqchilik omixta yem tayyorlash“ korxonasidan chiqayotgan badbo‘y hid bezovta qiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mahalla oqsoqoli Kalmon Ergashevning qayd etishicha, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, bu turdagi korxonalar aholi yashash joyidan ming metr uzoqlikda joylashtirilishi lozim. “Chinoz baliqchilik omixta yem tayyorlash“ mas’uliyati cheklangan jamiyati va Yovvosh mahallasi o‘rtasidagi masofa esa nari borsa 600 metr masofani tashkil etadi va shu bois badbo‘y hid mahallagacha yetib borib, odamlar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

    – Bu masala yuzasidan juda ko‘p tashkilot va idoralarga murojaat qildik, – deydi oqsoqol K.Ergashev. – Lekin muammo muammoligicha qolib ketmoqda. Tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasiga borib, “Nega korxona qurilishiga ruxsat berasizlar, mahallamizgacha 1 kilometr chiqmaydi-ku”, desam, qishloqdan korxonagacha bo‘lgan aylanma yo‘l orqali qariyb o‘sha masofani chiqarib berishdi. Axir, badbo‘y hidning ma’lum yo‘li bo‘lmasa, inspeksiyadagilarning gapini tushunmasa!? Dala orqali to‘g‘ri o‘tib kelaveradi-da u, qaysi yo‘ldan yurishni birovdan so‘rab o‘tirarmidi?

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Korxonadan chiqayotgan badbo‘y hid Gulzorobod mahallasiga ham yetib boradi. Boisi, bu mahalla ham korxonadan 600-700 metr chamasi uzoqlikda joylashgan.

    3 ming 700 nafar aholi istiqomat qiluvchi Xo‘ja mahallasi ahli esa toza ichimlik suvi muammosidan aziyat chekmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ichimlik suvi quvurlari o‘rnatilganiga ham 50 yil bo‘lgan. Bu muddat ichida ular ma’nan eskirib, juda ko‘p yoriqlar paydo bo‘lgan. Tabiiyki, mazkur yoriqlardan quvur ichiga tuproq va ichimlik suvi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa narsalar kirib qolgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    – Suvni o‘chirib yoqishganida bosim hisobiga loyqa va hatto ba’zan suvga qo‘shilib chuvalchanglar ham oqib keladi, – deydi Xo‘ja mahallasi faoli Ikrom Toshmatov. – 2 yilcha burun suvimizning sifatini tekshirtirdik. Tuman SESdagilar uni iste’molga mutlaqo yaroqsiz, deb topishdi va qaynatib ichishni qat’iy tavsiya qilishdi. Shu-shu suvni qaynatib ichamiz.

    Tuman “Suvoqova“ davlat unitar korxonasidan ma’lum qilishlaricha, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman markaziy suv inshootida chuqurligi 330 metr bo‘lgan 2 ta suv qudug‘i qazildi. Ular 2019-yil yanvar oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha shahar aholisining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini to‘liq qanoatlantirish imkonini beradi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shuningdek, Dehqonobod mahallasida 4 ming 400 metr, Do‘stlik mahallasida 6 ming 700 metr, Bunyodkor mahallasida 4 ming 600 metr, Beshkapada 2 ming 400 metr, Bog‘bonda 2 ming 800 metr, Istiqlolda 4 ming 100 metr, Madaniyat mahallasida 120 metr suv tarmog‘i tortilib, bir qancha suv minoralari ta’mirlangan.

    – Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar bajarildi, – deydi tuman “Suvoqova“ DUK rahbari Nodirjon Qudratov. – Birgina Tong yulduzi mahallasidan misol. Mahallaga ayni paytga qadar ichimlik suvi tarmog‘i tortilmagan edi. Joriy yilda 9 ming metr tarmoq tortilib, toza ichimlik suvi olib borildi. Murojaatga kelsak, to‘g‘ri, hali kamchiliklar bor va uni bir-ikki kun yoki oyda hal etib bo‘lmaydi. Boisi, shaharning markaziy suv quvurlari juda eskirgan. Uni bosqichma-bosqich yangilash uchun esa vaqt va mablag‘ talab etiladi.

    20.11.2018, 18:44   Izoh (0)   46714
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda “behayolarcha o‘ynab”, yurib ketayotgan Nexia kapoti ustiga yotib olgan qizlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin

    20.11.2018, 18:41

    O‘zbekistonda “Maqom” kitob-albomi nashr etildi

    20.11.2018, 18:37

    DSQda Hindiston delegatsiyasi bilan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari faoliyati muhokama etildi

    20.11.2018, 17:55

    O‘zbekistonlik model qizcha Tbilisida o‘tkazilgan tanlovda gran-prini qo‘lga kiritdi

    20.11.2018, 17:44

    Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha pul-kredit instrumentlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi

    20.11.2018, 17:21

    O‘zbekistonda is gazini aniqlovchi yangi qurilma yaratildi

    20.11.2018, 16:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45

    “Barselona” prezidenti 2025-yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

    Sport | 12 avgust, 12:40

    O‘zbekistondagi ikkita dor yo‘li faoliyatiga qat’iy taqiq qo‘yildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 12:23

    “Barbi” rejissyori “Narniya yilnomalari”ning yangi qismini suratga oladi

    Kino | 12 avgust, 12:17

    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi

    Reklama | 12 avgust, 10:30

    AQSH va Xitoy savdo muzokaralari 90 kunga kechiktirildi

    Dunyo | 12 avgust, 12:03

    OpenAI GPT-5 taqdimotining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng GPT-4o ni qaytardi

    Layfstayl | 12 avgust, 11:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.