Buxoro tibbiyot institutiga Qashqadaryo viloyatidan 50 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Bunda 2018/2019-o‘quv yilida respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirgan, kirish test sinovlarida maksimal ballning 30 foizi (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan natijaga erishgan, Qashqadaryo viloyatida doimiy yashovchi abituriyentlar tarkibidan ballar ketma ketligini hisobga olgan holda jami 50 nafar abituriyent qabul qilinadi.
Ularning 25 nafar davlat granti va 25 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.
Ushbu abituriyentlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tugatishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari yetishmayotgan tumanlarda 5 yil ishlab berish sharti bilan o‘qishga qabul qilinadi.
Izoh (0)