O‘zbekistonlik 61 yoshli o‘qituvchi BBC Britaniya teleradiokompaniyasi tomonidan tuzilgan nufuzli ayollar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.
Britaniyaning umummilliy teleradiokompaniyasi – BBC 2018-yilning dunyodagi 100 nafar eng nufuzli ayollari ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatga dunyoning 60 mamlakatidagi 15 yoshdan 94 yoshgacha bo‘lgan qiz va ayollar kiritilgan. Mazkur ro‘yxatga BBC Markaziy Osiyo mintaqasidan qirg‘izistonlik va o‘zbekistonlik ayolni tanlagan.
O‘zbekistonlik 61 yoshli Laylo Belyalova ro‘yxatning 13-o‘rnini egalladi.
Laylo Belyalova O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati a’zosi hisoblanadi va Samarqand davlat universitetida dars beradi.
Dunyodagi 100 nafar eng nufuzli ayollar ro‘yxatining birinchi o‘rnini Nigeriyalik 33 yoshli tadbirkor Abisoye Ajayi-Akinfolarin egalladi. U qizlarning jamiyatdagi muammolarini hal etishga yordam beradigan veb-saytlarni qanday yaratishni o‘rgatadigan nodavlat notijorat tashkilotga asos solgan.
Izoh (0)