Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “K.P” mas’uliyati cheklangan jamiyati mansabdor shaxslariga S.I. ismli fuqaro “ustingizdan Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat qilaman”, deb qo‘rqitib, ulardan 7 ming quti gugurt yoki 70 ming dollar berishni talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.
Bu haqda jamiyat xodimi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.
Ariza asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda S.I. 10 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar I. va N. 2012—2013-yillarda fuqarolar R.U. va E.S.ni aldab, Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan jami 10 ming 500 dollar olib, shundan 2 ming 100 dollarni qaytarib, qolganini o‘zlarning shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)