18-noyabr, yakshanba kuni Belgiya terma jamoasi Shveysariya termasiga qarshi Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida bahs olib borib, 2:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mazkur o‘yinda Belgiya terma jamoasi darvozasini “Real Madrid” posboni Tibo Kurtua qo‘riqladi. Kurtua shu tariqa joriy mavsumning o‘zida ikkita o‘yinda o‘z darvozasidan 5 tadan gol o‘tkazib yubordi. Kurtua Shveysariyadan oldin “Real” tarkibida “Barselona”ga qarshi bahsda 5 ta gol o‘tkazgandi.
Joriy mavsumga qadar Kurtua faoliyati davomida atigi 2 ta o‘yinda o‘z darvozasidan 5 ta gol olib chiqqandi. Jumladan, 2011-yilda “Barselona”—“Atletiko” (5:0) bahsida va 2015-yilda “Tottenhem”—“Chelsi” (5:3) bellashuvida raqiblar Kurtua qo‘riqlagan darvozaga beshtadan gol urgan.
Izoh (0)