Saratovdagi 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan YTHga avtobus haydovchisi sabab bo‘lgan. Bu haqda Privolje temir yo‘li matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Svobodniye novosti” axborot agentligi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi — Qozog‘istonning 61 yashar fuqarosi temir yo‘l kesishmasida svetoforning man etuvchi signaliga rioya etmagan va yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Saratov gubernatori Valeriy Radayev viloyat hukumati raisining o‘rinbosari Roman Busarginga Ozinsk tumanidagi YTH bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan nazoratga olishni topshirgan.
Izoh (0)