Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilga qadar turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Mazkur hujjatda O‘zbekistonda 2025-yilga borib turizmningmamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 5 foizga yetkazish rejasi belgilangan. Hozir bu ko‘rsatkich 2,3 foizni tashkil qiladi.
O‘zbekistonga kelayotgan turistlar soni 7,2 million kishiga yetishi ko‘zda tutilgan. 2018-yil yakunlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 4,8 millionni tashkil etishi kutilmoqda.
2025-yilga borib turistik xizmatlar eksportini 951 million dollardan 2 milliard dollargacha yetkazish rejalashtirilgan. Ichki sayyohlar oqimini deyarli ikki barobar — ayni paytdagi 10 milliondan 19 milliongacha oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)