• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Klasterlar – agrar sohaning “lokomotivi”

    UzAnalytics’da Navro‘z Meliboyevning klaster hududlarning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati haqidagi mulohazalari aks etgan maqolasi chop etildi. Quyida maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi paxtachilik bilan shug‘ullanadigan fermerlar bu yil alohida rag‘batlantiruvchi omilga ega. Bu yilgi mavsum – ekin ekishdan tortib hosil yig‘ib olishgacha butunlay boshqacha tarzda tashkil etilgan:

    “Fermerlik aslida tadbirkorlik ekanini tobora chuqur tushunib yetayapmiz. Paxta, g‘alla rejalarini ortig‘i bilan bajarsak-da, daromad ko‘rmagan paytlarimiz ham bo‘lgan. Negaki, reja ortidan quvib, sarf-xarajat haqida o‘ylamasdik. Hozir qilgan mehnatga yarasha daromad oladigan paytimiz keldi. Sohada innovatsion g‘oyalar asosida xarajatni kamaytirib, yuqori hosil olish uchun muntazam izlanayapmiz”, – deydi “Roshidon davroni” fermer xo‘jaligi rahbari Dostonbek Matmusayev.

    Dostonbekni bu yil qanaqa omillar va innovatsion g‘oyalar rag‘batlantirayapti? Uning fermasi “Rus Uzbekteks” MChJ tomonidan tashkillashtirilgan katta paxta klasterinig bir qismiga aylandi. Ushbu klaster xuddi shunaqa 332 ta fermerlarni, paxta tozalash zavodini va paxtani qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha bir necha korxonalarni birlashtiradi. Agar ilgari “Rus Uzbekteks” MChJ faqat kalava ip ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda xomashyo shu yerning o‘zida qayta ishlashning barcha bosqichidan o‘tib, eksportbop tayyor mahsulotga aylanadi: “Chunki innovatsion klaster, bu – bir majmua doirasida bir jamoa bo‘lib yerni shudgorlash, chigit ekish, paxtani parvarishlash, hosilini yig‘ib-terib olish, xomashyoni chuqur qayta ishlash bilan bog‘liq korxonalarni birlashtiruvchi ishlab chiqarish uslubidir” – deydi jamiyat direktori Olimjon Olimov.

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Ishlab chiqarish klasteri nima?

    Umumiy ma’noda, ishlab chiqarish klasteri iqtisodiyotning bir xil yoki bir-biriga bog‘liq sohalarida faoliyat yuritadigan va geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan korxonalar guruhidir. Bu korxonalarning texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi juda muhimdir. Bundan tashqari, ushbu korxonalar bitta umumiy maqsad uchun – raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun birlashgan.

    Masalan, paxta-to‘qimachilik klasterining texnologik zanjiri paxta xomashyosini ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, paxta tolasidan kalava ip ishlab chiqarish, gazlama ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga qamrab oladi. Shu bilan birga, fermerlarni (paxta xomashyosini yetishtiruvchilarni), paxta tozalash zavodini, paxtani qayta ishlash korxonasini, to‘qimachilik fabrikasini va kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonani birlashtirishning maqsadi – har bir ishlab chiqaruvchining xarajatlarini kamaytiradigan va yakuniy mahsulotning raqobatbardoshligini oshiradigan yagona tuzilma yaratishdir.

    “Klaster” tushunchasi ilk bor 1990-yilda Maykl Porter tomonidan “Davlatlarning raqobatdosh afzalligi” nomli asarida keltirilgan. 10 ta sanoat jihatdan rivojlangan davlatlarning rivojlanish tarixini tahlil qilgach, Maykl Porter klasterlarning paydo bo‘lishi iqtisodiy rivojlanish va sanoatlashtirish jarayoni tarkibining ajralmas qismidir degan fikrga kelgan. Shunday qilib, klaster – o‘zaro bog‘liq korxonalarni birlashtirishning bir shakli bo‘lib, bu hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Tashkillashtirish shakli jihatidan, klaster – vertikal ravishda integratsiyalangan tuzilma deyish mumkin.

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Dolzarb mavzu va klasterning afzalligi

    Klaster uslubini qo‘llash, ayniqsa bir-biri bilan bog‘liq bulgan korxonalar mavjud hududlar uchun katta axamiyatga ega. Klasterlar hududlarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda katta rol o‘ynaydi. Ushbu yondashuv iqtisodiy jihatdan ustuvor tarmoqlar va loyihalarni aniqlash imkonini beradi.

    Hududlar iqtisodiyotining rivojlanishida klasterli yondashuvning asosiy afzalliklaridan biri – iqtisodiy omillarning rolini kuchaytirish va ma’muriy omillarning rolini kamaytirishdan iborat. Hududiy ma’muriyatlarning roli faqat dastlabki bosqichda yuqoridir. Masalan, yangi klasterlarni tashkillashtirishda, aynan shu hudud manfaatlarni hisobga olgan holda, istiqbolli klasterlarni tanlashda hudud ma’muriyatining roli yuqori bo‘ladi. Keyinchalik esa, hududiy ma’muriyatlarning roli kamayib boradi va bozor iqtisodiyoti qonunlari va omillari oldinga planga chiqadi. Xudud hokimiyatlarining roli eng muhim va istiqbolli klasterlarni qo‘llab-quvvatlash va “o‘yin qoidalari” ni tartibga solishdan iborat bo‘ladi.

    Sovet Ittifoqi parchalanib ketgach, O‘zbekiston paxtachilik sohasidagi ko‘plab yutuqlar bilan bir qatorda ancha jiddiy kompleks muammolarni ham meros qilib oldi. Ularni hal etish esa ko‘p vaqt va kuch talab etadi. Asosiy muammolar orasida sohaning o‘ta yuqori darajada tartibga solingani va majburiy mehnat kabilar alohida ajralib turadi. Bir tomondan, davlat tomonidan sohaning yuqori darajada tartibga solinishi uni ushbu mahsulotni yetishtirishning barcha jarayonida imtiyozli kreditlash, imtiyozli shartlarda qishloq xo‘jaligi texnikasiga yoqilg‘i yetkazib berish kabi kuchli qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Ammo, boshqa tomondan, majburiy mehnat elementlarini mujassam etgan “rejalashtirilgan” yondashuv fermerni paxta yetishtirishga bo‘lgan rag‘batini so‘ndiradi. Hosil yig‘im-terimiga majburan jalb etilgan “ko‘ngillilar” haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi.

    Davlat imtiyozlarini saqlab qolish bilan bir qatorda, klaster uslubini joriy etish sohaning tartibga solinganlik darajasini, mahalliy hukumatning paxta yetishtirish jarayoniga aralashuvini kamaytiradi, unga faqat “o‘yin qoida”larini belgilovchi vazifasini yuklaydi, xolos. Klaster azolari yakuniy natijaga jamoaviy ravishda javobgar bo‘ladilar. Har bir klaster ishtirokchisining, shu jumladan dehqonning say-harakati ushbu kooperativning yakuniy daromadini, demak, har bir ishtirokchining daromadini belgilab beradi. Mikro darajadagi iqtisodiy tizimning elementi sifatida fermer xarajatlarini minimallashtirish va daromadini maksimallashtirishdan manfaatdor. Fermer uchun rag‘bat manbasi va majburiy mehnatni yo‘q qilish chorasi mana shunda.

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Agroklaster – tajriba sifatida

    Sirdaryo viloyatidagi O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasi “Vek cluster” MChJ agrosanoat sohasida birinchi klaster sifatida tashkil etildi. Ushbu loyihani amalga oshirish doirasida paxta va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun 18 ming gektar yer ajratilgan. Paxta va to‘qimachilik faoliyati bilan bir qatorda, ushbu klaster boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarni yetishtirish, go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan. “Vek cluster” MChJ QK tuzilmasiga paxta va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun fermer va dehqon xo‘jaliklari, hamda quyidagi faoliyatlar yuritadigan korxonalar kiradi:

    • paxtani qayta ishlash;
    • yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish;
    • to‘qimachilik korxonalari;
    • sut, go‘sht va tuxum mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash (chorva va parrandachilik xo‘jaliklari);
    • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash.
    Loyihaning umumiy qiymati 165 million AQSH dollarini tashkil yetadi.

    Sirdaryo viloyati xokimiyati ma’sul davlat organlari bilan birgalikda irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining muntazam ravishda tozalab turilishini va klasterning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uzluksiz suv bilan ta’minlab beradi.

    Davlat organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar

    Zamonaviy paxta-to‘qimachilik klasterini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, ushbu klaster ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika, hayvonlar va o‘simliklar, veterinariya preparatlari, xom ashyo va materiallar, qurilish mollari va issiqxona komplekslari 2022-yilning 1-yanvariga qadar muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi.

    Prezident qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing bo‘yicha xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘liklar, yoqilg‘i moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari hamda boshqa moddiy resurslarni yetkazib berishda fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar va tartiblar “Bek cluster” MChJ QKga nisbatan joriy etildi.

    Bundan tashqari, ushbu klaster bir qator soliq imtiyozlariga ega:

    • “Bek cluster” MChJ QK o‘z tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning so‘mdagi mablag‘larini jamlashi va bu mablag‘larni moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular o‘rtasida taqsimlashi mumkin;
    • “Bek cluster” MChJ QK o‘z tashkilotlari va ular o‘rtasida olinadigan va topshiriladigan hamda o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni sotish bo‘yicha aylanmalar bilan bog‘liq bo‘lmagan pul mablag‘lari va mol-mulk, shuningdek sof foydani taqsimlash soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
    • “Bek cluster” MChJ QKning qishloq xo‘jaligi tashkiloti yagona ijtimoiy to‘lovni kichik korxonalar uchun belgilangan stavka bo‘yicha to‘laydi.
    “Asaka” bank va boshqa tijorat banklariga “Bek cluster” MChJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit liniyalarini ajratish tavsiya qilindi.

    Deyarli to‘liq mustaqillik

    Prezident qaroriga muvofiq, “Bek cluster” MChJ QKga va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga, istisno tariqasida, o‘zlari yetishtirgan mahsulotni erkin tasarruf qilishga, narx belgilash siyosatini va mahsulot sotish hajmlarini mustaqil ravishda belgilashga ruxsat berildi. Bundan tashqari, “Bek cluster” qo‘shma korxonasiga hudud sharoitlarini hisobga olgan xolda, g‘o‘zaning seleksiya navlarini mustaqil ravishda joylashtirish, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suv va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish huquqi berildi.

    Markaziy Osiyoda klaster uslubi qishloq xo‘jaligi sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilganmi?

    Joriy yilning yanvar oyi oxirida Qozog‘istonning barcha viloyatlaridan fermerlar go‘sht mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan klaster tajribasini o‘rganish uchun ushbu davlatning Akto‘be viloyatiga yig‘ilishdi. Mazkur yig‘ilishga nafaqat fermerlar, balki viloyat rahbarlari, mamlakatning yirik qishloq xo‘jalik korxonalarining rahbarlari ham tashrif buyurishdi. Bu tadbirda qatnashgan har bir ishtirokchining maqsadi “Aktep” MChJ negizida tashkil etilgan ijobiy natijalar kursatgan agroklaster faoliyatini o‘rganish edi. Ushbu korxona 2012-yildan buyon chorvachilik va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda, 11 ming bosh qoramol uchun yem-xashak, 7200 tonna go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga. Bugungi kunda ushbu klaster butun viloyat bo‘yicha 350 fermer xo‘jaliklarini birlashtiradi. Bunaqa hamkorlik nafaqat “Aktep” MChJ uchun, balki oddiy fermerlar uchun ham juda foydali va samarlidir.

    Tadbirda klaster ishtirokchilari bo‘lmish fermer xo‘jaliklari rahbarlari mexmonlarga klaster doirasidagi hamkorlik tajribasi haqida so‘zlab berishdi.

    “Biz 2012-yildan buyon ‘Aktep’ korxonasi bilan klaster doirasida hamkorlik qilamiz. Biz bu vaqt mobaynida 3000 tonna pichan, 200 boshdan ortiq qoramol yetkazib berdik. So‘nggi yillarda naslli qoramol ijarasi va qishloq xo‘jalik texnikasi lizingi uchun yangi loyihalar va dasturlar joriy yetildi. Ushbu dasturlar biz uchun katta miqdordagi moliyaviy resurslarni jalb qilmasdan, faoliyatimizni kengaytirishga, naslli qoramollarni ko‘paytirishga imkon beradi. Bu kichik fermer xo‘jaliklari uchun juda samaralidir” – dedi “Qiziljar” fermer xo‘jaligi rahbari.

    “Bizning xo‘jaligimiz chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Biz mahsulotimizni ‘Aktep’ korxonasiga tirik vaznda topshiramiz. Korxona tez, navbatsiz tarzda va yaxshi narxlarda sotib oladi, pulni qisqa vaqt ichida bankdagi hisobimizga o‘tkazib beradi. Avvallari o‘zimiz bozorga borib, xaridorlarni izlashga va ko‘pincha arzon narxlarda sotishga majbur bulganmiz. Endlikda bu muammo butunlay hal bo‘ldi. Shuningdek, naslli chorvachilikni rivojlantirishda ham hamkorlik qilamiz: biz ‘Aberdin-Angus’ buqalarini ‘Aktep’dan ijaraga olamiz. Bu zotdagi buqalarning yoshi 10-11 oyga to‘lgunga qadar 350-400 kg tirik vaznga yetadi”, – dedi “Qarshaga” fermer xo‘jaligi rahbari.

    Foto: UzAnalytics

    Foto: UzAnalytics

    Mehmonlar orasida Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri ham bor edi. Vazir chorvachilik va go‘sht mahsulotlariga ixtisoslashgan klasterning yuqori samaradorligini qayd yetdi. Uning fikriga ko‘ra, fermerlar bunaqa klasterlarga birlashtirilganda, yuqori iqtisodiy natijalarga gorizontal integrallashgan hamkorlik orqali erishish mumkin. Aktepga yordam berish orqali biz u bilan hamkorlikda bo‘lgan kichik fermer xo‘jaliklariga yordam beramiz. O‘ylaymanki, biz aynan shu yo‘ldan borishimiz kerak”, – dedi vazir.

    Paxta klasterlari – sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi”

    Birinchi agroklaster tashkil etilganidan bir necha oy o‘tib, joriy yilning yanvar oyida respublikamiz hukumati ushbu amaliyotni paxta sanoatiga keng ko‘lamli tadbiq etishga qaror qildi. Taxminan bir xil shart-sharoitlarda, jumladan, birinchi agroklasterga berilgan soliq imtiyozlarida, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, faoliyatdagi mustaqillik va boshqa shunga uxshash shartlarda, respublikaning barcha hududlarida 16 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etildi. Bu klasterlar tarmog‘i mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oldi – har bir viloyatda va Qoraqalpog‘istonda bir yoki ikkita klaster tashkil yetildi. Har bir paxta-to‘qimachilik klasteriga 3,5 mingdan 18 ming gektargacha yer ajratildi. Yo‘nalishning yetakchisi hisoblangan “Bek cluster” qo‘shma korxonasi bilan birga hisoblaganda 17 ta paxta klasteriga ajratilgan yer maydoni 140 901 gektarni tashkil yetdi.

    Joriy yilning mart oyida, 17 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari hududlarida joylashgan 13 ta paxta tozalash zavodlari va 68 ta paxta tayyorlash punktlari 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan baholash qiymatida ushbu klasterlarga berildi.

    Bundan tashqari, paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta sanoatini rivojlantirish va qo‘llab-kuvvatlash uchun belgilangan bir qancha imtiyozlarga ega, jumladan:

    • fermer xo‘jaliklariga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishining tegishli tashkilotchilari tomonidan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlar asosida avans beriladi;
    • paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari paxta xom ashyosini yetishtirish va ularga yetkazib berishni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratiladi;
    • paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga kreditlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yiliga 3% dan ortiq bo‘lmagan stavkasi bo‘yicha ajratiladi.
    Kelgusi yilda ham klasterlar imtiyozli shartlarda moliyalashtiriladimi? Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda paxta-to‘qimachilik klasterlariga berilgan barcha imtiyozlarni keyingi yillarda tashkil etiladigan klasterlarga ham tatbiq etish, klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish zarur.

    12-sentabr kuni davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident bu tizimni yanada kengaytirish maqsadida, ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud bo‘lgan qo‘shimcha 44 ta tashabbuskor tanlab olinganini aytib o‘tdi. 2019-yilda jami bo‘lib 61 ta klaster tomonidan paxta maydonlarining 51% da paxta yetishtirish rejalashtirilmoqda. Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish natijasida, 2019 yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi mamlakatimizda qayta ishlanadi. Bu 2017-yilga nisbatan 2 marotaba ko‘p degani. 2020-yilga borib, paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi.

    14.11.2018, 11:36   Izoh (0)   25023
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda ayolni yechintirib, buni videoga olgan IIB xodimi ustidan sud davom etmoqda

    14.11.2018, 10:49

    Milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2020-yil oxirigacha soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi

    14.11.2018, 10:44

    Farg‘onadagi qishloq tibbiyot muassasalarida internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar tufayli “elektron poliklinika” tizimi ishlamadi

    14.11.2018, 10:05

    O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi

    14.11.2018, 09:50

    O‘zbekiston Ukrainadan dorilar importini to‘xtatib qo‘ydi

    14.11.2018, 09:50

    O‘zbekistonda ilk bor Google Developers Group — DevFest festivali bo‘lib o‘tadi

    14.11.2018, 09:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu diqqatni o‘ziga tortadigan va ilhom bag‘ishlaydigan maskan” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 17 may, 15:00

    To‘rt yoshli bloger qiz Forbes’ning “30 dan 30 gacha” ro‘yxatiga kirdi

    Layfstayl | 17 may, 14:35

    Toshkentdagi maktabda bolani urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilib, yana ishga tiklandi

    O‘zbekiston | 17 may, 14:13

    Olimlar musiqa yordamida ozishning yangi usulini kashf etdi

    Maslahatlar | 17 may, 13:40

    Yaqin yillarda sun’iy intellekt egallashi mumkin bo‘lgan 10 ta kasb

    Layfstayl | 17 may, 12:45

    Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 17 may, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.