Urganchlik fuqaro bo‘yniga salkam uch yarim million so‘m miqdorida nohaq qarzdorlik hisoblangan, deb yozadi O‘zA.
Fuqaro Ulug‘bek Karimov o‘z uyida suv o‘lchagichdan tashqari noqonuniy suv quvuri borligi va buning oqibatida u TMSQFB Urganch shahar korxonasidan 3 462 696 so‘m qarzdorligi borligi haqida tuzilgan dalolatnoma orqali xabar topgan. Fuqaro mazkur dalolatnoma uning ishtirokisiz tuzilgani, hujjatdagi imzo unga tegishli emasligi bo‘yicha arz qilib, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaat sudga oshirilgach, Tuyamo‘yin-Urganch MSQFB Urganch shahar bo‘limi tomonidan tuzilgan dalolatnoma haqiqiy emas deb topildi. Yo‘q joydan bo‘yniga salkam uch yarim million so‘m miqdoridagi qarzdorlik ilingan fuqaro iste’molchilar jamiyatiga murojaat etish orqali muammolarini ijobiy hal etdi. Ammo, Tuyamo‘yin-Urganch MSQFB Urganch shahar bo‘limi tomonidan qalbaki dalolatnoma qanday qilib va nega tuzilgani haqidagi savol ochiq qolmoqda.
Izoh (0)