• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda savdoni rivojlantirish rag‘batlantiriladi

    Uz Analitics saytida jurnalist Navro‘z Meliboyevning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon tahliliga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi. Quyida ana shu maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Uz Analytics

    Foto: Uz Analytics

    Savdoni liberallashtirish – ichki yoki tashqi savdoda cheklovlarni kamaytirish yoki bartaraf etish jarayonidir. Savdoda har xil to‘siq va cheklovlar qancha ko‘p bo‘lsa, bozordagi firmalar (tadbirkorlar) o‘rtasida raqobat ham shuncha kam bo‘ladi. Shu bois, har qanday mamlakat iqtisodiyoti o‘z samaradorligini oshirish uchun raqobatni rivojlantirishi kerak. Ma’lumki, tovar bozorlaridagi raqobat bozorni mahsulotlar bilan to‘ldirishga yordam beradi hamda mahsulotlarni bir yoki bir necha firmalar tomonidan sotilishi (xarid qilinishi) ni majburan qabul qildirmaydi.

    O‘zbekistonda oktabr oyining oxirlarida ichki va tashqi savdoni liberallashtirish bo‘yicha navbatdagi muhim qadamlardan biri qo‘yildi – davlat rahbari “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. Xo‘sh, qanday cheklovlar bekor qilindi va firmalarning savdo faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha nimalar o‘zgardi? Farmonning asosiy qoidalarini qulay shaklda tahlil qilamiz.

    Qabul qilingan hujjat savdoni 2 bosqichda erkinlashtirishni nazarda tutadi: kiritilgan o‘zgarishlarning bir qismi 1 noyabrdan boshlab amal qiladi, qolgan qismi esa, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab qonuniy kuchga kiradi.

    Yuqori likvidli mahsulotlarni sotishning yangi tartibi va invoys berish orqali “naqd pulsiz kelishuvlar”

    Prezident farmonidagi ichki savdoni liberallashtirish bo‘yicha 1-noyabrdan boshlab amal qiladigan uchta eng muhim bandni ko‘rsatish mumkin.

    Birinchi qoida, bu chetdan import qilinadigan yuqori likvidli mahsulotlarni sotish mexanizmining soddalashtirilishi va undagi cheklovlarning bekor qilinishidir: “import bo‘yicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulot turlarini, egalarining hohishiga ko‘ra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotish”. Bu endi import bo‘yicha olib kelingan mahsulotlarni ichki bozorda hech qanday cheklovlarsiz – to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham firmalar (iste’molchilar)ga, ham birja orqali sotish mumkin, deganidir.

    Ilgari import bo‘yicha olib kirilgan yuqori likvidli mahsulotlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotilishi kerak bo‘lgan.

    Yuqori likvidli mahsulot nima degani? Farmonda yuqori likvidli mahsulotlarning barcha turlari keltirilmagan. Bu haqda aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun Prezidentning 2017-yil 14-noyabrdagi №PQ-3386 sonli qaroriga murojaat qilamiz. Avtomobil benzini, ekstraksion benzin, dizel yoqilg‘isi, texnik kerosin, polipropilen, polietilen, oltingugurt, ko‘mir, mineral o‘g‘itlar, kalsinatsiyalangan soda, katod mis, misli katanka, ikkilamchi alyuminiy, qora metallar ijarasi, metall rux, sement, sement klinker, qurilish oynasi, shakar, yem uchun belgilangan donlar, arpa, paxta tolasi, paxta linti, o‘simlik (paxta) moyi, paxta sheluxasi, paxta shroti, texnik urug‘lar yuqori likvidli mahsulot turlari, homashyo va materiallari sirasiga kiradi.

    Ikkinchisi – yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hisob-kitoblarni naqd pulsiz korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda oldi-sotdi shartnomalarini tuzish majburiy shartlarining bekor qilinishidir. Endi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblar oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan, faqat invoys (hisob faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu shtatli yuristga ega bo‘lmagan yoki yuridik firmada xizmat ko‘rsatilmaydigan kichik firmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ayniqsa, muhimdir. Kichik biznesda bunday firma va tadbirkorlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Har bir kelishuvda shartnoma tuzish talabining bekor qilinishi hujjat aylanmasini ancha soddalashtiradi va kelishuvlarni rasmiylashtirishning oddiy mexanizmini kafolatlaydi.

    Prezident farmoni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ikki banddan tashqari, pul tushumlarini inkassatsiya qilishning yangi tartibini ham joriy etadi.

    Joriy yilning 1 noyabriga qadar kunlik tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda bo‘lgan kichik biznes subyektlari, qolgan barcha korxonalar esa, eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida naqd pul tushumini har kuni Markaziy bank inkassatsiya xizmatlari orqali topshirishi lozim edi. Agar naqd pul tushumi ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lsa, ular pul tushumini Markaziy bank inkassatsiya xizmatlari orqali topshirishi yoki bank kassalariga mustaqil ravishda topshirish imkoniga ega edi.

    Joriy yilning 1-noyabridan boshlab:

    – eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pulni inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda bank kassalariga topshirishlari mumkin. Lekin pul tushumi avvalgidek, bankka har ish kunida topshirilishi zarur.

    – o‘rtacha kunlik tushumidan kam miqdorda tushumi bo‘lgan subyektlar naqd pulni har kuni topshirishlari shart emas. Ular inkassatsiya xizmatlari uchun pul topshirish kunini o‘zlari belgilashi mukin – har 2 kunda, 3 kunda bir marta va h.k.

    Albatta, naqd pul tushumini inkassatsiya qilishning yangi tartibi korxonalarning naqd pulni do‘kon kassalaridan bankgacha bo‘lgan logistikasini tashkillashtirishdagi “erkinlik darajasi”ni oshiradi.

    Foto: Uz Analytics

    Foto: Uz Analytics

    1-yanvardan boshlab litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning, mahalliy va import mahsulotlarini xarid qilishda kreditlash shartlarining bekor qilinishi

    Ulgurchi savdo uchun litsenziya berish va savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibining bekor qilinishi Farmondagi uzoq kutilgan va yorqin qoidalardan bo‘lsa kerak.

    O‘zbekistonda ulgurji savdo uchun litsenziya berish 2000-yillarning boshlarida, so‘m konvertatsiya qilinmagan, naqd pul yetishmovchiligi va soliqqa tortish, jumladan, import ham yuqori daraja bo‘lgan sharoitda kiritilgan edi. Ko‘plab “naqd pulli” idoralar “ulgurjichilar” shaklida faoliyat yuritishgan. Ulgurji savdo korxonalariga litsenziya berish, keyin esa, ularning pul tushumini soliqqa tortish tartibining joriy etilishi davlatga ularni nazorat qilishni birmuncha yengillashtirgan. Ehtimol, davlat shu orqali pul aylanmasi bilan birga tovar aylanmasini nazorat qilgan bo‘lishi ham mumkin.

    Shu tarzda, savdo faoliyati 2 turga bo‘lingan: ulgurji va chakana savdo. Ulgurji savdo uchun litsenziya berilgan. Chakana savdoga esa yo‘q. Hisob-kitob shakllari savdoni turlarga ajratishda asosiy mezon hisoblangan. Xarid qilingan mahsulotlarni tijorat maqsadlarida foydalanish yoki shaxsiy ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun naqd pulsiz shaklda sotish ulgurji hisoblangan. Qolgan barcha savdo turlari chakana deb hisoblangan.

    Korxonaning yirik ustav fondiga – kamida eng kam oylik ish haqining 3500 (!) miqdoridagi mablag‘ga ega bo‘lishi ulgurji savdoga litsenziya berishning asosiy talablaridan sanalgan. Aslini olganda, bu ana shunday “ulgurjichilar” doirasiga kirolmaydigan, kam miqdordagi kapitalga ega korxonalar uchun to‘siq bo‘lib xizmat qilgan. Vazirlar Mahkamasining joriy yil 3-maydagi qarori bilan mazkur shart ham bekor qilindi.

    Ustav fondiga nisbatan qo‘yilgan shartlar bekor qilinsada, “ulgurjichilar”ga litsenziya berish tartibi va litsenziyalashning maxsus tartibi bugungi kunda anarxizmga aylangan.

    Masalan, Rossiya va Qozog‘istonda ulgurji savdoga litsenziya berilmaydi. Savdo aylanmasida cheklangan bo‘lgan, alohida mahsulotlar bilan savdo-sotiq qilish hollaridagina maxsus ruxsatnoma olinadi xolos.

    Yangi yildan boshlab, shuningdek, ko‘chma savdoni amalga oshirish uchun ham ruxsatnoma olinadi. Ko‘chma savdo bu – ko‘chma savdo obyektlaridan foydalangan holda, turg‘un savdo shoxobchalari (do‘kon va do‘koncha) dan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdo qilishdir. Ruxsatnoma yuridik shaxslarga savdoning tasdiqlangan obyekti joylashish sxemasi ilovasi bilan birga olti oy muddatga beriladi.

    Prezident farmonidagi yana bir muhim band – mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va import tovarlarni kredit asosida xarid qilinganda, teng sharoitlarning yaratilganidir. Amaldagi “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, moliyaviy iste’mol krediti faqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun beriladi. Bu qoida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qator afzalliklarni taqdim etadi.

    1-yanvardan boshlab mazkur talab bekor qilinadi va iste’mol krediti ham import tovarlari, ham mahalliy mahsulotlar (xizmatlar)ni xarid qilishda bir xil taqdim etiladi.

    Ortiqcha byurokratiyalarsiz internet savdoni rivojlantiramiz

    Prezidentning 2018-yil 19-fevraldagi farmoniga muvofiq, tadbirkorlar 2018-yil 1-iyundan boshlab eksport shartnomasini tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari orqali tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldilar.

    Endi bunday kelishuvlar uchun bitta invoys bo‘yicha 5000 AQSh dollarigacha miqdorda limit o‘rnatildi. Bundan tashqari, savdoni erkinlashtirishga doir prezident farmonida quyidagi qo‘shimcha sharoitlar ham kiritilgan: to‘lovlarni pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga muvofiq, xalqaro to‘lov tizimlari orqali olish hamda mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishdir. Bu kelishuvlarga oid axborotlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilmaydi, yukning bojxona deklaratsiyasi ham rasmiylashtirilmaydi.

    Bundan tashqari, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona deklaratsiyasisiz tovar olib o‘tish 5000 AQSh dollarigacha oshirildi. Ilgari bu miqdor 3000 AQSh dollari etib belgilangan edi.

    13.11.2018, 19:56   Izoh (0)   16881
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand viloyat IIB munosabat bildirdi: aslida fuqarolar IIB xodimini urgan

    13.11.2018, 19:29

    O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Manas qirg‘iz-turk universiteti bilan akadem almashinuv asosida kadrlar tayyorlaydi

    13.11.2018, 19:14

    Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasiga GE kompaniyasi gaz turbinalari va generatorlari yetib keldi

    13.11.2018, 18:44

    Namangandagi kasalxonani ta’mirlayotgan usta 3-qavatdan yiqilib, halok bo‘ldi

    13.11.2018, 18:29

    O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada mashina boshqarayotib uxlab qoldi, 5 kishi jabrlandi

    13.11.2018, 18:14

    Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi

    13.11.2018, 17:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Odamlar muhim qarorlarni ChatGPT’ga ishonib topshirayotgani meni xavotirga soladi” — Sem Altman

    Dunyo | 11 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14

    Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod g‘oyib bo‘ldi — WSJ

    Dunyo | 11 avgust, 16:00

    Amerikalik sharhlovchi Bahodir Jalolov kimga qarshi jang qilish kerakligini aytdi

    Sport | 11 avgust, 15:45

    Xitoyda ishsiz aholi ofislarga pul to‘lab, o‘zlarini ishlayotgandek tutmoqda

    Layfstayl | 11 avgust, 15:45

    IIB xodimi tomonidan kaltaklangani aytilgan ayol voqeasi o‘rganilmoqda — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 11 avgust, 15:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.