General Electric kompaniyasi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish uchun uskunalarning birinchi partiyasini yetkazib berishni yakunladi, deb yozadi “Gazeta.uz” kompaniya vakillariga tayanib.
Modernizatsiya doirasida qurilayotgan yangi bloklar uchun ikkita gaz turbinalari va ikkita generator yetkazib berildi. Ushbu loyiha GE hamda Hyundai Engineering va Hyundai Engineering and Construction’dan iborat Janubiy Koreya konsorsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Uskunalar Vlissingen (Niderlandiya) portiga yetkazilgan, u yerdan O‘rtayer, Qora va Azov dengizi orqali, so‘ng Kaspiy dengizidagi Volga-Don kanali orqali Qozog‘istondagi Kurik portigacha keltirilgan, undan keyin yuk avtotransporti bilan O‘zbekistondagi qurilish maydoniga yetkazilgan.
Loyiha jami quvvati 580 MVtga teng ikkita bug‘-gaz qurilmasi qurilishini ko‘zda tutadi. Bug‘-gaz qurilmasining birinchi navbati 2020-yilda ishga tushiriladi. Yangilari ishga tushirilgach, stansiyaning eski quvvatlari foydalanishdan chiqariladi.
Izoh (0)