Rossiyaning Astraxan viloyati Narimanov tumanidagi trassada “Lada Largus” avtomobili ag‘darilib ketishi natijasida besh kishi jabrlandi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.
Mashinani 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqargan, u yo‘ldan chetga chiqib ketib, yonma-yon yo‘nalishning chekkasiga borib urilgan, shundan keyin mashina ag‘darilib ketgan. Haydovchi rulni boshqarayotib uxlab qolgani aytilmoqda.
Avtohalokat natijasida haydovchi lat yedi. To‘rt yo‘lovchi ham shikastlandi: 42 yoshli ayolga bosh miya chayqalishi, ko‘krak qafasi lat shikastlanishi tashxisi qo‘yildi, shuningdek, umurtqaning bo‘yin bo‘limi singan bo‘lishi mumkin; 42 yoshli erkakning turli organlari shikastlandi; 43 yoshli erkakning burni bir nechta joyidan sindi; 58 yoshli ayolda esa bosh suyak-miya travmasi qayd etildi. Ularning barchasi kasalxonaga yetkazildi.
Hodisa yuzasidan ma’muriy tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)