13-noyabr, seshanba kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Qirg‘izstondagi Manas qirg‘iz-turk universiteti rektori, professor Sebahattin Balchi hamda universitet prorektori, professor Huseyn O‘gut tashrif buyurdi, deb xabar beradi universiter matbuot xizmati.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va turkiy xalqlar tili va adabiyotiga doir tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
ToshDO‘TAU prorektori Inomjon Azimov mehmonlar bilan suhbatda Manas universiteti va O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida natijalar berishini qayd etdi. Tomonlar yaqin kelajakda talabalarning yozgi maktablarga tashrifini uyushtirish, akadem almashinuv asosida kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini nazarda tutgan kelishuvga imzo chekdi.
Izoh (0)