Xorazm viloyatining Shovot tumani “Yangi turmush” MFYda yashovchi Muzaffar Quryazov endigina tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida edi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Uning ushbu rejasidan boxabar bo‘lgan Qiyot qishlog‘ilik Ravshan Ortiqov tuman arxitektura va qurilish bo‘limida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali unga 600 kvadrat metr yer maydonini olishda yordam berishini aytadi. Buning uchun oldindan 7 million so‘m, ishlar bitgach yana 3 million so‘m, jami 10 million so‘m pul talab qiladi.
Biroq ishni bu tariqa boshlashni istamagan tadbirkor bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Shovot tuman bo‘limiga xabar beradi.
Uning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida R. Ortiqov 5 million so‘mni pora sifatida olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Izoh (0)