6-noyabr, seshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turi doirasida Yurgen Klopp yetakchiligidagi “Liverpul” jamoasi safarda Serbiyaning “Srvena Zvezda” klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa “Liverpul” birinchi marta Chempionlar Ligasining safardagi ketma-ket 3 o‘yinida yutqazdi.
Shuningdek, “Srvena Zvezda”ning kechagi muvaffaqiyati serb klublarining Chempionlar Ligasi musobaqasi tashkil etilgan –1992-yildan beri qo‘lga kiritgan ilk g‘alabasi bo‘ldi. Bungacha Serbiya klublari YChLda 15 ta uchrashuv o‘tkazib, g‘alaba qozona olmagandi.
Izoh (0)