O‘FA va “Real Madrid” klubi o‘rtasidagi hamkorlikning uchinchi bosqichi doirasida “Qirollik klubi” akademiyasi mutaxassislari yana O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.
Bu safar ular viloyatlardagi hududiy futbol akademiyalarida bo‘lib, yosh futbolchilar uchun mahorat darslarini o‘tib beradi.
11-noyabrdan 23-noyabrga qadar Surxondaryo, Buxoro, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasida bo‘lib o‘tadigan mahorat darslarida mahalliy futbolchilar va bolalar futboli mutaxassislari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning sentabr-oktabr oylarida O‘zbekistondagi bir qator yosh futbolchilar Madridga safar qildi. Ular Madridda “Real” klubi akademiyasi, bosh jamoa mashg‘ulot o‘tkazadigan maydon, “Santyago Bernabeu” stadioni bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan mahorat darslarini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)