Ukraina milliy pochta operatori — “Ukrposhta” “O‘zbekiston pochtasi” bilan elektron tijorat doirasida jo‘natmalarni yuborishga maxsus tarif kiritish haqida kelishib oldi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“1-noyabrdan tadbirkorlar uchun O‘zbekistonga posilka yoki mayda paket yetkazish qiymati 50 foizga pasaytirildi, bunda yuridik shaxs va “Ukrposhta” o‘rtasida shartnoma tuzilishi shart”, — deyiladi Ukraina pochta operatori xabarida.
E-commerce jo‘natmalarini yetkazib berish uchun maxsus tariflar, O‘zbekistondan tashqari, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Moldova, Gruziya, Belarus, Litva va Latviya uchun ham amal qiladi.
Izoh (0)