O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi huzurida “Harbiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori” (PhD) ilmiy darajasini beruvchi yopiq ilmiy kengash tuzildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Shuningdek, yaqin vaqtlar ichida tayanch doktoranturada o‘qish uchun kvotalar sonini 8 tadan 15 tagacha oshirilishi rejalashtirilgan. Akademiyaning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida doktorantlarni xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida va ilmiy tadqiqot markazlarida dissertatsiya ishlarini yozishi va himoya qilish imkoni paydo bo‘ladi.
Ta’kidlash kerakki, joriy yil akademiyada mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi uchun esa jami 60 nafar o‘qituvchilar hujjat topshirgan. Ular bilan ixtisoslik bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijalari asosida qabul qilinib, mutaxassislik bo‘yicha tegishli kafedralarga biriktiriladi.
Izoh (0)