• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bekobodda kesak ko‘targanlardan biri ishdan ketdi, qolganlar OAV nigohidan panada

    Oqqo‘rg‘on tumanida ariq suviga tushgan olti kishi surati OAVga sizdirilgan bir paytda, ushbu holatga o‘xshash, ammo qo‘llarida kesak ko‘targan boshqa olti kishining surati ham tarqalgandi. Keyinroq bu voqea Bekobod tumanida yuz bergani, suratdagi shaxslar yaxshi tayyorlanmagan maydonga bug‘doy urug‘ini qadashga ruxsat bergani uchun shu ishga majbur qilingani haqida xabar berilgandi. “Kun.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, ular Bekobod tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman bo‘limi raisi, Toshkent viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Bekobod tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Bekobod tumani Yer resurslari va kadastr bo‘limi boshlig‘i hamda Bekobod tuman Suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘idir.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Nashr muxbiri kesak ko‘targan olti kishidan biri bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, u ham voqea tafsilotlarini to‘liq aytib berishdan o‘zini tiyib turdi.

    “Men voqea joyiga sal kech qolib keldim. Ular kesakni nega ko‘tarib olganiga tushunmay, qatorga qo‘shildim. Men ham kesakni qo‘lga oldim”, — deydi u.

    Suhbatdoshning ta’kidlashicha, “gap eshitib qolishdan qo‘rqib” u ham kesakni ko‘taravergan. Oqqo‘rg‘on tumanida suvga tushgan olti kishidan biri ham deyarli shu mazmundagi izohni bergandi. Shunga qaramay, voqea tafsilotlari bilan tanish bo‘lgan hokimiyat vakiliga ko‘ra, bu “yaxshi tayyorlanmagan maydonga bug‘doy urug‘ini qadalishi”ga yo‘l qo‘ygan mas’ullar uchun tayinlangan jazo bo‘ladi.

    Yer resurslari va kadastr bo‘limi boshlig‘i Abdulla Umarov ushbu voqeadan so‘ng o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shashga qaror qilgan. Umarov to‘satdan bunday qarorga kelganiga nima sabab bo‘lgan? Buni aniqlash uchun Abdulla Umarov bilan bog‘lanishga qilingan har qanday harakat besamar yakunlandi.

    “Kun.uz” surishtiruviga ko‘ra, Bekobod tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i o‘sha kuni uyga qaytmagan. Uning turmush o‘rtog‘i aytishicha, oradan ikki kun o‘tib tuman prokuraturasidan erining daragi chiqqan.

    “Tuman prokuraturasidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, erimning issiq kiyimlarini keltirishimizni so‘rashdi. Shundan so‘ng, biz uning qayerda ekanidan xabar topdik. Issiq ust-bosh berayotganimda erimning egnidagi kostyum tuproq aralash kir bo‘lib qolganidan shubhalandim. Keyinroq, internetda tarqagan surat orqali aslida nima bo‘lganini bilib oldim”, — deydi u.

    Ayni paytda unga nisbatan JK 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi, 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 211-modda (Pora berish)larida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, tergov davrida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

    Bekobod tuman prokurori o‘rinbosarining nashrga ma’lum qilishicha, unga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishi va “kesak ko‘tarish” o‘rtasida aloqadorlik yo‘q.

    “Ushbu ish Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Qolaversa, tergov siriga oid ma’lumotlarni oshkor eta olmayman”, — deydi prokuror o‘rinbosari.

    Kesak ko‘targan boshqa rahbarlarni na ish joyidan, na uyidan topish mumkin. Masalan, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman bo‘limi raisi Ulug‘bek Xudoyberdiyev​ prokuraturada so‘roq qilinayotgani aytilsa, boshqasi “​muhim topshiriq bilan”​ ish joyini tark etgani bildiriladi.

    05.11.2018, 11:41   Izoh (0)   77083
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shoxruh Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

    05.11.2018, 11:30

    Aziz Abduhakimov: davlatning aviabozordagi ishtiroki tubdan qayta ko‘rib chiqiladi

    05.11.2018, 11:18

    O‘zbekiston shaharlari sayyohlar tomonidan internet borasida past baholandi

    05.11.2018, 10:52

    2018-yilning 3-choragi yakunlariga ko‘ra “O‘ztransgaz”ning sof daromadi 95,5 foizga oshdi, “O‘zbekenergo”niki esa 4,7 foizga pasaydi

    05.11.2018, 09:47

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ma’lumotlarini raqamlashtirish mumkinmi?

    05.11.2018, 09:33

    Qoraqalpog‘istondagi “Saygachiy” qo‘riqxonasiga taqiq belgilari o‘rnatildi

    05.11.2018, 08:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.