O‘zbekiston Bosh prokurorining 2018-yil 3-noyabrdagi buyrug‘iga asosan Shoxruh Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sh.Aminov 1981-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002- yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004-yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlagan. Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli vazifalarda, 2014-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiy viloyati prokurori Xidir Karimov Qoraqalpog‘iston prokurori etib tayinlangani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)