Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 1-noyabr kuni Yangiyo‘l tumanida yashovchi D.T. uyida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan birga yashagan uy egasi R.R. tanasining turli joylariga qo‘li bilan urib, jarohat yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Natijada R.R. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
D.T. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)