Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 2018-yil 29-oktabr kuni Kattaqum mahallasida yashovchi B.Sh. shu mahalla hududida o‘zaro janjal sabab mahalladoshi B.E.ga pichoq bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada B.E. kasalxonaga yotqizilgan. B.Sh. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)