Xitoylik tadbirkorlar “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida odam va yuk tashishga mo‘ljallangan lift ishlab chiqarish zavodini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Shu maqsadda bir guruh xitoylik ishbilarmonlar o‘tgan hafta “Navoiy” EIZda bo‘lib, uning faoliyati, investorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar bilan tanishishdi.
Loyihani amalga oshirish uchun 2 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi. Korxona ishga tushirilishi natijasida 5 nafar xorijlik va 30 nafar mahalliy mutaxassisning bandligi ta’minlanadi.
Shuningdek, mazkur davlatning SDV Consulting Engineers kompaniyasi erkin iqtisodiy zonada tadbirkorlarga konsalting xizmatlari ko‘rsatishni amalga oshirish niyatini bildirdi.
Izoh (0)