O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Bekobodda kollej o‘quvchisi tomonidan sodir etilgan jinoyatni fosh etdi.
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida noma’lum shaxs “Yangiovul” MFYda yashovchi N.T. ismli ayolning uyiga kirib, xonasidan 400 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod tumanida yashovchi Agroservis va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji yuqori kurs o‘quvchisi I.M. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)