Toshkent shahridagi Autograph san’at galereyasida “O‘zbekistonda gilamdo‘zlik muzeyini yaratishning ahamiyati va istiqbollari” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.
Ko‘rgazmada respublika miqyosida 30 nafarga yaqin hunarmand o‘z ishlari bilan ishtirok etdi.
Jumladan, koxma, terma, gadjarlar, taqir, sumax, besh-kashta, shuningdek, kashtachilik usulidagi enli gilam, qiz gilam singari 80ga yaqin xalq amaliy bezak san’ati namunalari namoyish etildi.
Ko‘rgazma “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Izoh (0)