So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Qashqadaryoda 12 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi

    01.11.2018, 17:29 27704

    “Qashqadaryo” gazetasida “Faqat qog‘ozda ekilgan don bilan xirmon to‘ladimi? Yoxud qaror ijrosi qanday bajarilayapti?” nomli maqola chop etildi. Maqolada viloyatdagi fermer xo‘jaliklaridagi agrotexnika tadbirlari haqidagi so‘z yuritilgan. Quyida maqolani to‘lig‘icha o‘qiysiz.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ayni paytda viloyatimizda 9 ming 409 ta fermer xo‘jaligi dalalariga 2019-yil hosili uchun 24 ming 500 gektar ochiq hamda 117 ming 300 gektar g‘o‘za qator oralariga boshoqli don ekinlari ekish ishlari davom etmoqda.

    Bilamizki, dehqonchilikda o‘z-o‘zidan natijaga erishib bo‘lmaydi. Qachonki, ish boshidanoq to‘g‘ri tashkil etilsa, yerga sifatli urug‘ qadalib, barcha agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilsagina, ertaga kutilgan hosilni olish mumkin.

    Shu bois ham mamlakatimizda kuzgi g‘alla ekish ishlarini yuqori darajada tashkil etish va belgilangan muddatlarda yakunlashga hukumat darajasida e’tibor qaratilib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-sentabrdagi tegishli qarori bilan bu borada olib boriladigan tashkiliy ishlar, agrotexnik tadbirlarning muddati, tartibi, uni amalga oshirish uchun mas’ullar belgilab berildi. Endi gap belgilangan yumushlarning quyi tizimlarda qanday bajarilishida.

    Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan bu borada o‘tkazilgan nazorat tadbirlari shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat fermer va dehqonlarimiz ham, mutaxassis-u mutasaddilar ham kuzgi boshoqli don ekinlari ekish ishlariga yetarlicha e’tibor, mas’uliyat bilan yondashayotgani yo‘q. Ayrimlar esa allaqachon soxta hisobot to‘ldirishga o‘tib ketgan.

    Hayron qolasan kishi, bugun urug‘lik don tayyorlash, urug‘ qadashni soxta hisobot bilan bajarayotganlar ertaga xirmonni nima bilan to‘ldirar ekan? Yana soxta raqamlar bilanmi? Axir to‘g‘ri ishlab, sof natija ko‘rsatishni qachon o‘rganamiz?

    Quyida 2019-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekish ishlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va qonunbuzilish holatlari haqida to‘xtalamiz.

    MAS’ULIYATNI UNUTGAN TA’MINOTCHILAR

    Ta’kidlash joizki, bu yilgi tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq, kuzgi boshoqli don ekinlari ekadigan fermer xo‘jaliklarining 8 ming 605 tasiga yonilg‘i-moylash mahsulotlari hamda mineral o‘g‘itlar xarid qilishi uchun imtiyozli kredit ajratilishi kuzda tutilgan edi. Biroq 2018-yilning 17-oktabr holatida “Agrobank” ATB tomonidan ushbu subyektlarning 34 foiziga imtiyozli kredit ajratilmagan. Jumladan, “Agrobank” ATB Koson filialida 438 ta, Chiroqchi filialida 436 ta, Mirishkor filialida 383 ta, Qarshi filialida 329 ta, Qamashi filialida 232 ta fermer xo‘jaligi hali imtiyozli kredit mablag‘lari bilan moliyalashtirilmagan.

    Shuningdek, viloyatda urug‘lik don tayyorlash korxonalari tomonidan olib borilgan ishlar ham mutlaqo talabga javob bermaydi. Aksariyat ishlar hisobot uchun, faqat qog‘ozda bajarilgan.

    Aytish joizki, mamlakatimizda urug‘lik don tayyorlashning aniq tizimi yaratilgan. Ushbu korxonalar urug‘lik uchun topshirilgan donni qabul qilib, ularni maxsus sexlarda tozalash, qayta ishlash belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda saqlash va o‘z muddatida fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish uchun mas’ul. Chunki urug‘ ishonchli va sifatli bo‘lsa, hosil ham shunga yarasha bo‘ladi.

    Ammo, urug‘lik don tayyorlovchi korxonalar tomonidan tayyorlanayotgan urug‘ sifatida bir qator kamchiliklar aniqlangani qatorida ular kerakli miqdorda tayyorlanmagan ham.

    E’tibor qiling, bu yil viloyatda 35 ming 450 tonna g‘alla urug‘ligi talab qilinayotgan bir paytda, bor-yo‘g‘i 23 ming 447 tonna don tayyorlangan, boshqacha aytganda, belgilangan reja 66 foizga bajarilgan, xolos. Misol uchun, urug‘lik g‘alla zaxirasi G‘uzor tumanida 1915 tonna, Muborak tumanida 1572 tonna, Nishon tumanida 1180 tonna, Mirishkor tumanida 1725 tonnaga kam jamg‘arilgan.

    Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida ham boshoqli don ekini ekayotgan fermer xo‘jaliklari fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan ta’minlanishi shartligi ko‘rsatilgan. Lekin “O‘zagrokimyohimoya” bo‘limlari tomonidan fosforli o‘g‘itlar 254 tonnaga, kaliyli o‘g‘itlar 1 ming 141 tonnaga kam jamg‘arilgan. Koson, Qamashi va Kitob tumanlarida esa kaliyli o‘g‘it zaxirasi umuman yaratilmaganligini qanday tushunish mumkin?

    Endi o‘ylab ko‘ring, ta’minotchi korxonalar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan bunday holatlar oqibati nimaga olib keladi? Avvalo fermer belgilangan tartibda urug‘lik donni, yonilg‘i-moylash materiallarini ololmaydi. Tabiiyki, ekish muddati kechikadi. Bu esa ertangi hosil salmog‘i va sifatiga ham ta’sir etmay qolmaydi.

    HAR BIR TЕXNIKA O‘Z VAQTIDA VA O‘Z O‘RNIDA ISHLATILISHI MUHIM

    Bugungi kunda viloyatda 1 ming 376 dona g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekish moslamalari mavjud. Ular yordamida barcha hududlarda ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash mumkin.

    Lekin, ishlarning xo‘jasizlarcha tashkil etilgani natijasida mazkur moslamalardan foydalanish darajasi mutlaqo talabga javob bermaydi. Mavsumda qatnashadigan texnika va agregatlar, don ekish seyalkalari va moslamalarni markazlashgan holda ta’mirlash ishlari va ekish otryadlar faoliyati talab darajasida tashkil etilmagan.

    Oqibatda ekish seyalkalarining yo‘qligi va yetishmasligi sababli urug‘lar “NRU-05” yoki boshqa turdagi o‘g‘it sepish moslamalari bilan ekilishiga yo‘l qo‘yilmoqda.

    Ayniqsa, Chiroqchi, G‘uzor, Qamashi, Koson, Muborak tumanlarida bu boradagi ahvol nihoyatda achinarli holatda ekanligi, otryadlarga biriktirilgan texnikalar to‘liq ta’mirlanmaganligi, tarqoq holda ishlayotganligi aniqlandi.

    Bu kim uchundir arzimas sabab bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo, ertangi olinajak hosilga qay darajada ta’sir etishini unutmaslik lozim.

    HOSIL MO‘L BO‘LSA, YERNI CHUQURROQ HAYDADIK DЕYISHADI. AKSINCHACHI?!

    Ma’lumki, dehqonchilikda yerdan oqilona foydalanish, uni o‘z vaqtida tayyorlash, ekinlarni har yili turiga qarab, yerning unumdorligi va avvalgi yil qaysi ekin ekilganidan kelib chiqib joylashtirish qanchalik samarali usul ekanligini tajribali dehqonlarimiz yaxshi biladi.

    Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida ham bu jihatga alohida e’tibor qaratilib, yerlarni tayyorlash, ularning tayyorlik darajasini tekshirish bo‘yicha mas’ul idoralar oldiga tegishli vazifalar qo‘yilgan. Ammo ular bu ishga qanchalik mas’uliyat bilan yondashayapti?

    Olib borilgan nazorat tadbirlari shuni ko‘rsatmoqdaki, tumanlarda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi hududiy yer tuzuvchilari joylarga borib, yer tayyorligini ko‘rmasdan sertifikat taqdim etishi holatlari kuzatilmoqda. Masalan, Koson, G‘uzor, Yakkabog‘, Shahrisabz, Chiroqchi, Mirishkor, Muborak va Nishon tumanlarida g‘alla maydonlari tayyorlanmagan bo‘lsa-da, ekish uchun sertifikat berib yuborilgan.

    Bu holat esa yanada boshqa qonunbuzilishlarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, ana shunday sertifikatga ega bo‘lgan fermerlar urug‘lik donni olgan, lekin yer ekishga tayyor emas: sug‘orilmagan, takroriy ekinlardan bo‘shagani yo‘q. Natijada urug‘lik don qoniqarsiz holatda fermerning qo‘lida saqlanayapti.

    Jumladan, Kasbi tumanidagi “Shodmonqul Jamol”, Qarshi tumanidagi “Ergashov Rustam T”, Mirishkor tumanidagi “Qurbonov Mansur”, Yakkabog‘ tumanidagi “Yigitali Abdulla”, Chiroqchi tumanidagi “Meyliyev Abdurazzoq”, Nishon tumanidagi “Javlon Sherzodovich”, Qamashi tumanidagi “Sayfulla Eshmirza”, G‘uzor tumanidagi “Fozil Baxriddin”, Shahrisabz tumanidagi “Xushvaqtov Abdulla”, Muborak tumanidagi “Bilol Abdulaziz” fermer xo‘jaliklari olingan urug‘likni uyida va dala shiyponlarida saqlayotgani, ularda g‘alla ekish ishlari esa boshlanmagani ma’lum bo‘ldi.

    Shuningdek, ekish uchun yerlarni tayyorlash, ayniqsa, kelgusida urug‘lik don yetishtirish uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlarni ajratish masalasi ham talabga javob bermaydi.

    Ya’ni, urug‘lik don yetishtirish talablariga ko‘ra, boshoqli don ekinlari boshqa turdagi ekin o‘rniga joylashtirilishi shart. Shu bois avvalgi yil g‘alla ekilgan maydonga ikkinchi yil takroriy urug‘lik don ekish taqiqlangan. Lekin fermerlarimiz ekishmoqda!..

    Misol uchun, Shahrisabz tumanida 69 gektar, Chiroqchi tumanida 15 gektar ang‘izga urug‘lik g‘alla ekilgani aniqlandi.

    Jumladan, Shahrisabz tumanidagi “Abdullayev Akbar Nizomiddinovich” fermer xo‘jaligi 20 gektar, “Ismoilov Sarvar Saitovich” fermer xo‘jaligi 20 gektar, “To‘rayev Iskandar To‘rayevich” fermer xo‘jaligi 12 gektar, “Yuldoshev Avriy Avriyevich” fermer xo‘jaligi 17 gektar maydonga ikkinchi yil ham g‘alla o‘rniga “Grom” super elita avlodli urug‘lik ekinni joylashtirgan.

    Bu hali nazorat tadbirlari jarayonida aniqlangani, xolos.

    FЕRMЕR HAM O‘ZI UCHUN JON KUYDIRSIN

    Yuqorida ta’minotchi korxonalar, ishlarni to‘g‘ri va sifatli tashkil etish uchun mas’ul tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik va qoidabuzarlik holatlari haqida to‘xtalib o‘tdik.

    Albatta, ularning ishga mas’uliyat bilan yondashmasligi fermerning ishini yanada og‘irlashtiradi. Lekin fermer ham ishni to‘g‘ri va sifatli bajarish uchun harakat qilishi kerak. Zero, ertaga hosil qanchalik mo‘l bo‘lsa, daromadni birinchi galda fermer ko‘radi, boshqalar emas.

    Ana shu haqiqatni anglab yetgan fermer borki, sohada yuqori cho‘qqilarni zabt etayapti. Lekin, ishni o‘lda-jo‘lda bajarib, o‘zining ham, yerning ham umrini o‘tkazib yurgan fermerlar hamon uchrayotgani achinarli.

    2019-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekish ishlarida ham ana shunday holatlar namoyon bo‘lmoqda. Ayrim fermerlar allaqachon urug‘ qadab, dalasida maysa nish ko‘rsatib qolgan bo‘lsa, ayrimlar hali yerni shudgorlash taraddudida yuribdi.

    Misol uchun, Nishon tumanidagi “Donayev Norali” fermer xo‘jaligi 5 gektar, Shahrisabz tumanidagi “Kesh invest chorva” fermer xo‘jaligi 18 gektar, G‘uzor tumanidagi “Niyozova Ozoda” fermer xo‘jaligi 10 gektar maydonda kuzgi boshoqli don ekishni rejalashtirgan. Lekin bu maydonlar hali-hanuz takroriy ekinlardan bo‘shatilmagan va shudgor qilinmagan.

    Eng achinarli jihati, mas’ul idoralar tomonidan boshoqli don ekinlari ekish ishlarini tashkil etishdagi xato va kamchiliklarni yashirish maqsadida, hisobotlarga boshoqli don ekinlari ekilgani haqida qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

    Jumladan, Shahrisabz tumanida 250 gektar, Yakkabog‘ tumanida 739 gektar maydonlarga g‘alla ekilmagan bo‘lsa-da, hisobotga qo‘shib yozilgan.

    Bu kabi misollarni boshqa aksar tumanlar kesimida ham keltirish mumkin.

    O‘rganish natijalariga ko‘ra, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan mas’ul idoralar rahbarlari nomiga yuqoridagi holatlar, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 12 ta taqdimnoma kiritildi. 60 nafar mansabdor shaxs qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik xususida yozma ravishda ogohlantirildi hamda 12 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy qish oldi Ukrainaga qanday qurollar kerakligini aytdi

    Kecha, 23:45

    Qirg‘izistonda 12 yashar bola quturishdan vafot etdi

    Kecha, 23:20

    Ramzan Qodirovning 24 yoshli qizi bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi

    Kecha, 23:10

    Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishidagi ikki bekat oralig‘ida poyezd harakati to‘xtatildi

    Kecha, 23:00

    OCHL. “Nasaf” Qarshida “As-Sadd” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

    Kecha, 22:59

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    Kecha, 22:40

    “Al-Ittihod” maydon chetiga qo‘yilgan byust tufayli “Sepahon”ga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi

    Kecha, 22:37

    Qozog‘iston mamlakat haqida salbiy gapiradigan xorijliklar reyestrini yuritmoqda

    Kecha, 22:30

    Yevropa Ittifoqi yil oxirigacha Ukrainaga 5 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratish bo‘yicha kelishib olishi mumkin

    Kecha, 21:55

    Shavkat Mirziyoyev Qatarga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

    Kecha, 21:34

    Tavsiya etamiz

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    Xudosini cho‘miltirayotgan hindlar, mehmonga kelgan ayiq, odamlardan yasalgan minora — hafta suratlari

    22:00 / 01.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — yiliga 30 ming dollardan ortiq

    16:00 / 02.10.2023

    Prigojinning vasiyatnomasi e’lon qilindi (foto)

    17:00 / 02.10.2023

    Ukraina prezidenti ofisi Zelenskiyni masxara qilgan Ilon Maskka javob qaytardi

    17:00 / 02.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    “Bo‘lishi mumkin emas!”. Neymar Eron klubi stadioni haqidagi videoga izoh qoldirdi 

    13:00 / 02.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.