O‘zbekiston Professional futbol ligasi mamlakatdagi mashhur futbol saytlaridan biri Championat.asia xodimlarining akkredatsiyalarini bekor qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Professional futbol ligasi O‘zbekiston milliy chempionati va kubok uchrashuvlarini yoritib boradigan barcha OAV ishini xurmat qilgani boisdan Championat.asia saytining davomiy maqola va turli ijtimoiy tarmoqlardagi noo‘rin chiqishlariga munosabat bildirmay kelgan. Lekin nashr vakillari chegaradan chiqishda davom etaverganliklari sabab O‘zPFL mazkur sayt xodimlarining O‘zbekiston chempionati va kubogini bevosita voqea joyidan yoritib borish imkonini beradigan akkreditatsiyalarini bekor qilishga qaror qildi, deyiladi PFL bayonotida.
Tashkilot xabarida nashr xodimlari akkredatsiyalari aniq nima sababdan bekor qilinganiga aniqlik kiritilmagan.
Ma‘lumot uchun, Championat.asia nashri Superliga tashkil etilganidan beri PFL bilan hamkorlikda oyning eng yaxshilarini aniqlab kelayotgandi.
Izoh (0)