Afg‘onistonning Farax viloyatidagi Anor Dara hududida harbiy vertolyot qulab, bortidagi 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Viloyat vakili Nosir Mehriyga ko‘ra, qulagan vertolyot yana bir harbiy vertolyot hamrohligida uchayotgandi. Parvoz davomida noqulay ob-havo bo‘lgani sababli uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan.
Ayni vaqtda, “Tolibon” vakili vertolyot jangarilar tomonidan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.
Halokatga uchragan vertolyot bortida Farax viloyati parlamenti rahbari Farid Bakxtavar, ikki nafar deputat, Afg‘oniston armiyasining 207-korpusi qo‘mondoni bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)