Avstraliyaning Rozbud shahrida politsiya xodimlari cho‘kayotgan kenguruni qutqardi. Shtat politsiyasi Twitter akkauntida ta’kidlanishicha, huquq himoyachilari nafaqat hayvonni suvdan chiqarib olgan, balki unga birinchi yordam ham ko‘rsatgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Kenguru cho‘kayotganligi haqida politsiyachilarga mahalliy aholi xabar qilgan. Politsiyachilar yetib kelganda kenguru allaqachon sohilga chiqib olgan va allakimning sochig‘i ostida isinayotgan edi. Biroq u kutilmaganda yana suzishga qaror qildi va oqim qurboniga aylanishiga oz qoldi.
Hodisa yakunida huquq himoyachilari kenguruni suv asirligidan chiqarib oldi. Shundan so‘ng u Rozbud uchastkasiga yetkazilib, u yerda yovvoyi tabiat mahalliy markazi mutaxassislari tomonidan ko‘zdan kechirildi.
Izoh (0)