Qozog‘istonlik yozuvchi va tarixchi Muhambetkarim Ko‘jirbayuli qiziq bir bayonot bilan chiqish qildi, deb yozadi “Nur.kz”. Uning fikricha, Yer yuzidagi ba’zi ehromlar qozoqlarning ajdodlari tomonidan bunyod etilgan.
Muallif bir necha tadqiqotlar asosida jahonga mashhur ba’zi ehromlar qozoqlarning ajdodlari tomonidan qurilgan, degan xulosaga kelgan.
“Bunga dalil sifatida Misr ehromlarining ichidan topilgan piktogrammalarni keltirish mumkin, ularning birida ‘Qaz Aday’ (qozoq urug‘laridan biri)ning ramziy timsoli do‘mbira tasvirlangan”, — deb yozadi Ko‘jirbayuli.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tutanxamon bolaligida qozoqlar qo‘yning “oshiq” deb ataydigan suyagidan tayyorlangan o‘yinchoqni o‘ynagan va ehromlarning eng yuqori qismi aday urug‘ining ramziy belgisi — “jebe” (yoy o‘qi)ga o‘xshab ketadi.
Yozuvchi o‘z so‘zlariga yana bir dalil sifatida Qur’oni karimni ham keltirgan — unda ehromlarni qurgan fir’avnlar “qoziq”lar deb ta’riflangan.
Izoh (0)