Irlandiyaning amaldagi prezidenti Maykl Xiggins ikkinchi yetti yillik muddatga qayta saylandi. Bu haqda The Irish Times xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan umumiy ovoz berishda u 56 foiz ovoz to‘pladi.
Ikkinchi o‘rinni 23,1 foiz ovoz bilan biznesmen Piter Keysi egalladi.
68 yoshli Maykl Xiggins Irlandiya sotsial-demokratik Leyboristik partiyasining a’zosidir. U Irlandiya, AQSh va Buyuk Britaniya universitetlarida oliy ta’lim olgan.
Izoh (0)