Rossiyaning Astraxan viloyatida “Gazel”ning paromdan daryoga qulashi natijasida o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vostok qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘shni qishloqdan suv olib kelish uchun “Gazel” avtomashinasida yo‘lga chiqadi. Unga hamroh sifatida esa 1997-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi ham yo‘lga otlanadi.
Yenotevka daryosi qirg‘oqlariga yaqinlashganda haydovchi tormoz bosishga harakat qiladi, biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. Keyin esa paromga yetib borib, undan mashina va yo‘lovchi birgalikda daryoga tushib ketadi.
Haydovchi cho‘kayotgan mashinadan chiqib, o‘zbekistonlik yigitni chiqarib olgan, biroq qirg‘oqqa qadar yetib bora olmagan. Ayni damda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ish olib bormoqda. Politsiya esa mazkur hodisa bo‘yicha tekshiruv boshladi.
Izoh (0)