Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda sport mashg‘ulotlari tashkil etmoqda. Mashg‘ulotlarda vazirlik markaziy apparati xodimlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektor va prorektorlari hamda respublika davolash muassasalari bosh shifokorlari bilan bir qatorda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ham ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
“Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport, shaxsiy gigiyenaga amal qilish, chiniqish hamda turli zararli odatlardan voz kechish hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu jihatlarga rioya qilsak, ko‘plab xavfli xastaliklar, jumladan, miokard infarkt, insult, qandli diabet, onkologik kasalliklarning oldini olgan bo‘lamiz. Jismoniy faol insonning dunyoqarashi va fikrlashi ham sog‘lom, mehnatida esa unum bo‘ladi. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, jumladan, ommaviy sportni keng targ‘ib qilish sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining ham ustuvor vazifasidir”, – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.
Izoh (0)